Ma'lumki, Respublikamizda iste'molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ko'plab me'yoriy hujjatlar qabul qilingan.

Xususan, Yurtimizda “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va havfsizligi to'g'risida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida”gi, “Metrologiya to'g'risida”gi, “Standartlashtirish to'g'risida”gi va “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonunlarining qabul qilingani alohida e'tiborga molik.

Ammo, qabul qilinayotgan qonunlarga qaramay, iste'molchilarimiz bozorlarda va savdo majmualarida sifati kafolatlanmagan, ist'emol uchun yaroqsiz bo'lgan mahsulotlardan aziyat chekayotganliklari ayni haqiqat.

Shu o'rinda muhim bir savol tug'iladi. Respublikamizda o'ndan ortiq Qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lsa, xalqimizga sifati kofolatlangan mahsulotlarni etkazib berishga masu'l idora va vazirliklar belgilab qo'yilgan bo'lsa, nima uchun hali hanuz xalqimizga sifatsiz mahsulotlar qanday sotilmoqda. Undan kim manfaat ko'radi.

Nahotki, moddiy daromad ilinjidagi ayrim “uddaburonlar” sifatsiz mahsulotlari bilan mehnatkash va samimiy xalqimiz, millatimiz salomatligini xavf ostiga qo'ysa.
 
Biz ko'p hollarda sifatsiz mahsulotlarning sotilishi bilan bog'liq masalalarda iste'molchilarni ayblashga o'rganib qolganmiz. Mahsulotni xarid qilishda uning yorlig'iga e'tiborli bo'lish kerak edi, sifatiga e'tibor berish kerak edi, edi, edilarni gapiramiz.
Ammo, nima uchun bozorlarda, yirik-yirik savdo majmualarida sifati kafolatlanmagan mahsulot sotilmoqda, unga kim javobgar degan savol bilan ro'para kelganimizda sukut saqlaymiz.
 
Bugungi kunda Yurtimizda barcha biznes tuzilmalari jadal rivojlanib borayotgani sababli tadbirkorlik sub'ektlari soni kun sayin ortib bormoqda. Buning natijasida mahsulot va xizmat ko'rsatish turlari kengaymoqda. Shu o'rinda xalqimiz istem'mol qilayotgan mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligiga to'la ishonch hosil qilishlari kerak.

 

“O'zstandart” agentligi rahbariyatining tashabbusi va hamkor tashkilotlar ko'magida o'tgan vaqt mobaynida “Nazorat xaridi” tashkil etildi. Mahsulotlar laboratoriya tekshiruvlaridan o'tkazildi. Achinarli tomoni shundaki, aksariyat oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan me'yoriy hujjat talablariga mos kelmadi.

Ayniqsa, sut va sut mahsulotlari, go'sht va go'sht mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlar sifati kafolatlanmagan holda iste'molchilarimizga sotilayotgan holatlari aniqlandi.

Shukabi holatlarni oldini olish, yurtdoshlarimiz sifatsiz deb topilgan mahsulotlarlar to'g'risida to'liq va ishonchlik ma'lumotlarni taqdim etish maqsadda, joriy yilning 14 noyabr kuni “O'zstandart” agentligi tashabbusi bilan Iste'molchilar Huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjatda qayd etilganidek, Davlat hokimiyatining vakillik organlarida ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga ehtiyojmand fuqarolar manfaatlarini davlat va jamiyat tomonidan himoya qilishni;

iste'molchilar va ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, xizmat ko'rsatuvchi)lar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni ogohlantirish tamoyilida tartibga solishni ta'minlashning ta'sirchan mexanizmlarini tatbiq etishni;
seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar hamda aholi o'rtasida ommaviy tadbirlarni tashkil etish orqali iste'molchilarning huquqiy bilim saviyasini oshirishni;
 
Harakatlar strategiyasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan vazifalar ijrosini amalga oshirishda iste'molchilar huquqlarini ta'minlash bo'yicha ham jamoatchilik nazoratini tashkil etish va mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini qurishga yo'naltirilgan dasturlarni, qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo'yicha takliflar ishlab chiqishni ko'zda tutilgan.
 
O'zaro ishonch asosida tashkil etilgan uchrashuvda “O'zstandart” agentligi Bosh direktori A. Karimov va Iste'molchilar Huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisi J. Sarmisoqovlar, hamkorlikning istiqboldagi ko'lami hamda iste'molchilarning savdo, maishiy, kommunal va boshqa xizmatlar ko'rsatish sohalarida buzilgan huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tiklash yo'lida alohida ekspertizalar tashkil etish, hulosa va ma'lumotnomalar tayyorlash, hukumat va boshqa davlat boshqaruv idoralariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish kabi masalar yuzasidan kelishib oldilar. 
 
O'zaro hamkorlik doirasida “O'zstandart” agentligi va Iste'molchilarni huquqini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan ichki iste'mol bozorida sotilayotgan iste'mol mahsulotlarining sifati va xavfsizligini o'rganish maqsadida olib boriladigan “Nazorat xaridi” bo'yicha kompleks tadbirlar belgilab olindi.
 
“Nazorat xaridi”ni o'tkazishdan asosiy maqsad, mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta'minlash, shu bilan bir qatorda sohaga oid qonunlarning ijrosini amalga oshirishdan iborat. Bu borada “O'zstandart” agentligi va Federatsiyaning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo'limlarining malakali mutaxassislaridan iborat hududiy “Ishchi guruh”lari tashkil etilib, ular tomonidan mahsulotlar tahlili umumlashtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiena qoidalari va standart me'yorlari talablari asosida ishlab chiqarish jarayonlarini o'rganish maqsadida savdo shoxobchalaridan belgilangan tartibda mahsulotlar xarid qilish, mahsulotlarni saqlash, tashish va sotish talablariga rioya etmagan savdo shoxobchalariga tegishli tavsiyalar berish orqali mazkur loyihani amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

 

Shuninglek, yig'ilishda har ikki sohaning mas'ul xodimlari ham qatnashib, o'zlarining taklif va tavfsiyalari bilan o'rtoqlashdilar.