“O'zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, navbatdagi Sayyor qabul uchrashuvi Namangan viloyatida tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatlarida Standartlashtirish, metrologiya hamda sertifikatlashtirish sohalari yuzasidan savollariga o'z vaqtida javob berish va mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan.
Tan olish kerak, keyingi qisqa vaqt ichida Namangan Sinov va sertifikatlashtirish markzi tomonidan aholi uchun bir qator qulaylik va imkoniyatlar yaratildi.
Masalan, joriy yilda viloyatning Chust tumanida maishiy o'lchov vositalarini qiyoslovdan o'tkazadigan shaxobchaning tashkil etilgani va kelgusida bunday shaxobchalar sonini yanada ko'paytirish rejalashtirilgan.
Bulardan tashqari Sinov va sertifikatlashtirish markazi laboratoriyasini zamonaviy jihozlar bilan taminlash va uning imkoniyatlarini yanada kengaytirish istiqbollari ham belgilab olindi.
Sayyor qabul uchrashuvida yig'ilganlarga barcha sohalar bo'yicha to'liq ma'lumotlar berildi.
Tadbirda "O'zstandart" agentligi bosh direktorining Matbuot kotibi A.Rasulov, Namangan Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig'i A.Ubaydullayev va Namangan Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori B.Boyboboyev hamda sohaga aloqador mutaxassislar ishtirok etib, savollarga javob berdilar.
Yig'ilish so'ngida, mehmonlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida, zamonaviy laboratoriya imkoniyatlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.