O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentini tasdiqlash haqida”gi qarorining kuchga kirishi munosabati bilan viloyat hududidagi avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarini sinash shaxobchalari vakillari ishtirokida joriy yilning 11 may kuni “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi hamda 12 may kuni Qarshi Davlat Universitetida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.
Ushbu seminarlarda “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi Qashqadaryo mintaqaviy inspeksiyasi mutaxassislari, Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodimlari, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 21 ta avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarni sinash shaxobchalari vakillari hamda avtomobillarga siqilgan va suyultirilgan gaz quyish shaxobchalari vakillari qatnashdilar. Seminar davomida “Qashqadaryo standartlashtirish metrologiya boshqarmasi” va “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashchilarga kun tartibidagi masla yuzasidan ma’lumotlar berdilar.
Shuningdek o‘quv seminarda avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarni sinash shaxobchalari vakillariga sinov laboratoriyalarini akkreditasiyaga tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.
Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarini xavfsizligini ta’minlash hamda avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarini sinash shaxobchalari vakillarini mas’uliyatini yanada oshirishdir.
Axborot xizmati