«O‘zstandart» agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi 12 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi. 
Unda tuman miqyosida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar, kichik biznes vakillari hamda ta’minotchi korxonalarning vakillari qatnashdilar. 
Sayyor qabulni Denov tumani hokimi Bahrom Mamatqulov kirish so‘zi bilan ochib, hozirgi kunda Respublikamizda kichik biznes vakillari faoliyatiga berilayotgan e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirib kelinayotgan keng ko‘lamdagi ishlarga to‘xtaldi.
Shundan so‘ng uchrashuv davomida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A. Rasulov va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi bosh mutaxassisi J. Abduqodirovlar so‘zga chiqib yigilish ishtirokchilariga mamlakatimizning standartlashtirish, metrolgiya va sertifikatlashtirish sohalarida qabul qilinayotgan muhim qonun hujjatlari, hamda tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirishda agengtlikning tutgan o‘rni xususida gapirib berdilar. Shundan so‘ng ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javb berildi.   

Axborot xizmati