Yer yuzida oliy mavjudod sanalgan odamzotning ichki imkoniyatlari va ruhiyatidagi o‘zgarishlari hozirgacha to‘liq o‘rganilganicha yo‘q. Dunyo ichra yana bir o‘zgacha olam mavjudku, bu odamzotning imkoniyati va yurak kengliklar va uning quvochu-tashvishlari ma’lum bir me’yorlarga sig‘maydi.
Ba’zan qalblarimiz quvonchga to‘lib dunyoga sig‘may ketadigan damlarimiz bo‘ladi, ba’zida esa ko‘nglimizni kimdir og‘ritsa keng va bepayon olam mo‘’jaz yuragimizga sig‘maydigan onlar ham bo‘lib turadi.
Hayotda yana bir muhim narsa borki, bu ham bo‘lsa har bir inson o‘z hayoti va ish faoliyati davomida o‘z imkoniyatlaridan qanchalik darajada foydalana olishidir.
Mutaxassislarning e’tirof qilishlaricha, kasbni to‘g‘ri tanlash, va unga mehr bilan yondashgan har bir xodim o‘z faoliyatida ma’lum bir yutuqlarga erishar ekan. O‘z kasbiga ijodiy yondashmagan va shu ishni qilishim kerak ekan, uni bajarishim lozim degan dunyoqarash bilan ishlash hech qanday ijobiy samara bermasligi aniq.
Hozirgi kunda yurtimizda yashab mehnat qilayotgan har bir soha xodimidan o‘z ishiga fidoiylik va halollik bilan munosabatda bo‘lish talab qilinmoqda. Fidoiy bo‘lmagan, befarqlikka berilgan inson mamlakat va xalq uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.
Dunyo sahnida ro‘y berayotgan bezovtaliklardan xulosa chiqarish, uni tahlil etish orqali Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan Vatanimizning yuksak taraqqiyoti bilan bog‘liq jarayonlarga chetdan tomoshabin bo‘lib emas, balki uning faol ishtirokchisi bo‘lish har bir fuqaroning faol burchiga aylanmog‘i lozim.
“O‘zstandart” agentligi tizimida ham keyingi qisqa vaqt ichida ko‘plab yangiliklar va kelajak uchun muhim islohotlar jarayoni boshlab yuborildi. Agentlik bosh direktori A.Karimov tizimdagi barcha rahbarlar va boshqarma boshliqlaridan tortib oddiy xodimlar ishtirokida bo‘layotgan katta-kichik yig‘ilishlarda barchadan fidoiylik bilan ishlashni talab qilmoqda.
Bu bejiz emas. “O‘zstandart” agentligi tizimida aholi va tadbirkorlarga qulayliklarni yaratish, murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, joylarda sayyor uchrashuvlarni tashkil etish va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish davr talabiga aylandi.
Albatta, bunday ishlarning ko‘lamini kengaytirish har bir rahbar va xodimdan o‘z ishiga yangicha yondashuvni talab etadi.
Demak, mulohazalarimizga xulosa qiladigan bo‘lsak, agentlik rahbariyati tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topish, tajriba almashish va eng asosiysi, har birimiz o‘zimizning ichki imkoniyatlarimizdan to‘laqonli foydalana olsak ko‘zlangan maqsadlarimizga erishamiz.
Barcha hamkasblarimizni fidoiylik bilan ishlashga yana bir bor chaqirib qolamiz. Zero, insonning kuch-g‘ayrati va qobilyati me’yorlaru, standartlaga sig‘maydi.
Vatan taqdiriga befarq bo‘lmaylik!