“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan davr mobaynida laboratoriyalarga 230 ta zamonaviy jihoz xarid qilindi. Tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida joylarda yangidan 38 ta muvofiqlikni baholash idoralari akkreditatsiya qilinib, 28 ta muvofiqlikni baholash idorasining akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. Paxtakor, Mirzacho‘l va Chust tumanlarida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etildi.
Hozirda respublikamiz viloyatlari markazlaridan olisda joylashgan tumanlarda tashkil etilgan ana shunday shaxobchalar soni 32taga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi bayrami munosabati bilan Andijon shahrining kichik sanoat hududida “Mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlarini sinash majmuasi” qisqa muddatda qurib ishga tushurildi.
Ma’lumki, Andijonda sanoatni rivojlantirish, jumladan mashinasozlik, elektrotexnika va avtomobilsozlikni yanada rivojlantirish viloyat iqtisodiyotining ustuvor vazifalaridan bir hisoblanadi. Bugungi kunda viloyatda bu sohalarda 100 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda, 2 mingdan ziyod turli xildagi mahsulotlar, butlovchi qismlar va detallar ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkazib berilayapti. Viloyat markazida mashinasozlik mahsulotlarini sinash laboratoriyasining tashkil etilishi mahalliy korxonalarimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni to‘liq sinovdan o‘tkazishni ta’minlagan holda ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Jumladan, avvallari o‘z mahsulotini sinash ishlari viloyatdan tashqarida, xattoki boshqa xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilgan bo‘lsa, laboratoriyaning ishga tushirilishi natijasida endilikda bu masalalar shu yerning o‘zida hal bo‘lib, xarajatlar qisqarishi va xorijiy valyutani tejash imkoniyati yaratiladi.
Zamonaviy sinov va o‘lchov vositalari bilan jihozlangan ushbu laboratoriya nafaqat Andijon viloyati, balki vodiy mintaqasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini xalqaro darajada baholash va ularni jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida:
O‘zgartirishlar kiritilgan va davlat ro‘yxatiga olingan standartlar -1172ta
Yangidan qabul qilingan va davlat fondiga kiritilgan standartlar - 12 ming 166 ta
Yangidan qabul qilingan xalqaro standartlar - 374 ta
Xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlarning o‘sish darajasi - 12,7% dan 14% gacha
“O‘zstandart” agentligi tizim tashkilotlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari - 61 106 ta
Joriy yil 15 avgust holatiga sifat menedjmenti joriy qilingan korxonalar - 1 580 ta (shuning 656 tasi eksportyor korxona)
Respublikamizda bugungacha Xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menedjmenti joriy etilgan korxonalar soni 5 761 tani tashkil etmoqda. Yil boshidan buyon sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarining 325 tasida rejaviy inspeksiya nazorati o‘tkazildi va uning natijalariga ko‘ra:
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalari tasdiqlangan muvofiqlikni baholash organlari - 162 ta
O‘rnatilgan talab darajasida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ymagani bois guvohnomasi tugatilgan organlar - 31 ta
10 kunlik muddatgacha to‘xtatilgan guvohnomalar - 163 ta
akkreditatsiya doirasi qisqartirilgan organ – 54 tani tashkil etmoqda.