Hozirgi vaqtda Andijon viloyatida avtomobilsozlik korxonalari uchun 2000 ga yaqin nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan 125 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ushbu korxonalarning aksariyatida ishlab chiqarish sinov laboratoriyalari mavjud emas. Akkreditlangan sinov laboratoriyalari faqatgina 5 ta korxonada mavjud bo‘lib, ularda o‘zlarining mahsulotlarini qabul qilish-topshirish va davriy sinovlar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, hududda avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilayotganda, sinovlar Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlarning sinov markazlarida valyuta mablag‘lari hisobiga o‘tkazilmoqda.

MUAMMONING YECHIMI

" O‘zstandart" agentligi Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasida “Mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlarini sertifikatlash bo‘yicha sinov laboratoriyasi “ tashkil etildi. 2013-2019 yillarda ushbu maqsadlar uchun 2,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, undan 1,8 mlrd so‘m qurilish montaj ishlari uchun, 892,5 mln so‘m jihozlash ishlari uchun yo‘naltirildi.

Sinov laboratoriyasiga 35 ta zamonaviy sinov uskunalari va o‘lchov vositalari xarid qilindi. To‘rtta yangi zamonaviy sinov uskunalari xarid qilish uchun qo‘shimcha 1 mlrd 303 mln so‘m ajratildi. 
Profil proyektor, uch koordinatli o‘lchov mashinasi, tebranma zarbali stend va tez alangalansih kamerasi xarid qilish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda sinov laboratoriyasi 27 tur mahsulotlarni sinash bo‘yich akkreditatsiyalandi va Andijon viloyatidagi avtomobillar uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlari sinovlarini olib borish yo‘lga qo‘yildi.

Laboratoriyada 639 ta sinov usullari bo‘yicha sinovlar o‘tkazish imkoniyati yaratildi:
• mashinasozlik bo‘yicha - 41 turda; 
• elektrotexnika bo‘yicha - 39 turda;
• fizik-kimyoviy sinovlar bo‘yicha- 456 turda;
• fizik-mexanik sinovlar bo‘yicha - 103 turda.
2019-yilgacha laboratoriya xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy, yuqori aniqlikdagi uskunalar bilan jihozlanishi natijasida 70 ta yangi sinov usuli, jumladan 12 tasi xalqaro standartlar talabi asosida sinovlar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.

NATIJALAR

Andijon viloyatida mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari sinov laboratoriyasi tashkil etildi, unda 
- mahsulot namunalarisinovlari natijalarining aniqligi va to‘g‘riligi;
- mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligi oshishi;
- sifatga taalluqli nizoli masalalarning hal etilishi;
- valyuta mablag‘larining tejalishi 
- ISO/MEK 17025 talablari bo‘yicha xalqaro akkredidatsiyadan o‘tish;
- Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida sinovlar o‘tkazishda daxlsizlik ta’minlanadi.

MAQSAD

Loyihaning yakuniy maqsadi – zamonaviy talablarga javob beradigan sinov laboratoriyasini tashkil qilish hamda xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tish yo‘li bilan sinov laboratoriyasi tomonidan berilgan sinov bayonnomalarini xalqaro darajada tan olinishiga erishishdan iborat.

Manzil – Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi, 73-uy, sobiq “Bobur” AJ hududida