O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tasdiqlangan rejasiga ko‘ra shu yilning 4 may kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida yuridik va jismoniy shaxslar bilan sayyor qabuli tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv Marg‘ilon shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda doimgidek tadbirkorlar, va kichik biznes vakillari, va shahardagi bir qancha ta’minotchi korxonalarning vakillari qatnashdilar. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi direktori Jasur Shukurov ishtirok etib, Standartlashtirish, mahsulotlarning sertifikatlashtirish, va metrologiya tizimlarida olib borilayotgan me’yoriy hujjatlarning mazmun mohiyati xususida gapirib berdi.
Shuningdek yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga yetarli javoblarini ham oldilar.
Axborot xizmati