Biz tilga olgan islohotlar ko‘lami mamlakatimizning ichki siyosatida yuz berayotgan yangilinishlar desak to‘g‘riroq bo‘ladi.
Muhtaram Prezidentimizning muallifligi asosida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va unda belgilab berilgan beshta ustivor yo‘nalish nafaqat o‘zimizda, balki jahonning nufuzli siyosatchilari tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.
Ayniqsa Respublikamiz Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma’ruzasi keng jamoatchilik va dunyo siyosatchilari tomonidan yuksak baholandi.
Agar Prezidentimizning yuksak minbardan turib qilgan nutqlariga e’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, yurtimizda inson manfaatlariga e’tibor, odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutloqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldiqlarini bekor qilingani, insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni qamoqda saqlash bilan bog‘liq ko‘plab holatlarning qayta ko‘rib chiqilayotgani, yangi erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etilgani, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani alohida tilga olindi.
Jahonning eng nufuzli minbari hisoblangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasida Respublikamiz Prezidentiining ma’ruzasi ayni kunlarda yurtimizning barcha vazirlik va idoralarida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.
“O‘zstandart” agentligi va uning tizimidagi korxona va tashkilotlarida mazkur ma’ruza va unda ko‘tarilan dolzarb vazifalar keng tahlil etib o‘rganilmoqda.
Albatta, yurtimiz va uning ertangi taraqqiyotini belgilab beradigan bunday tashabbus va g‘oyalar nafaqat o‘rganishni, balki ish faoliyatimizda izchillik bilan tadbiq etishni talab qiladi.