Xurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Siz maishiy elektr, gaz va suv hisoblagichlarini Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazmoqchimisiz? Unda marhamat quyidagilarga axamiyat bering!

 

Toshkent shaxri bo‘icha narxlar!

 

Maishiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash narxi – 4 260 so‘m.

Maishiy suv hisoblagichlarini qiyoslash narxi – 5 964 so‘m.

Bir fazali elektr hisoblagichlarni qiyoslash narxi – 25 979 so‘m 40 tiyin.

 

Ma’lumot uchun xisoblagichlarning davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish davriyligi quyidagicha:

 

Elektr hisoblagichlari 4 yilda bir marta

Maishiy gaz va suv hisoblagichlari 4 yilda bir marta

Sanoat gaz va suv hisoblagichlari 2 yilda bir marta

 

“O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning tumanlarda ochilgan bo‘linmalariga murojaat qilishingiz mumkin. Amaldagi suv, gaz va elektr hisoblagichlarining (№ 2604 va № 2736) navbatdagi qiyoslash davrining tugashidan bir oy oldin ta’minotchi korxonalar tomonidan Sizga hisoblagichlaringizni navbatdagi qiyoslovdan o‘tkazish lozimligi xaqidaxabarnoma taqdim etiladi. Ushbu xabarnomani olib Siz ta’minotchi nomiga ariza berishingiz lozim. Ta’minotchi korxona uyingizdagi hisoblagichni yechadi va dalolatnoma tuzadi.

To‘lovlar amalga oshirilganidan so‘ng xududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili hisoblagichni olib “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga topshiradi.

Gaz va suv o‘lchash priborlarini iste’molchilarning o‘zlari “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga topshiradi. Hisoblagichlar uch ish kunida tekshirilib, sertifikat bilan taqdim etiladi.

Shuni unutmangki, respublikamizda faqat “O‘zstandart” agentligi tizimidagi korxonalargina maishiy hisoblagichlarni qat’iy belgilangan narxlarda davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega. Ta’mirlash bilan bog‘liq masalalar “O‘zstandart” agentligi vakolatiga kirmaydi, o‘z navbatida ta’mirlash korxonalari hisoblagichlarni davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish huquqiga ega emas.

UNUTMANG: “O‘zstandart” agentligi xodimlari xonadonlarda yurib qiyoslash ishlarini olib bormaydilar!

Ta’minotchi korxona vakillari xonadoningizga kelganida guvohnomasini talab qilishingiz yoddan chiqmasin!

 

Ish tartibi: Dushanba-juma kunlari

soat 900 dan 1800 gacha.Tushlik 1300 dan 1400 gacha.

 

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining ishonch telefoni: 150 26 03,

Elektr hisoblagichlari bo‘yicha 150 26 07, 150 65 07

Gaz va suv hisoblagichlari bo‘yicha 150 26 08, 150 26 18.

Manzil: Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi, Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., 333 «A»; 

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.