“O‘zstandart” agentligining 2017 yil davomida hududiy markazlarni rivojlantirish rejasiga muvofiq “Bekobod SSM” DK ning qiyoslash laboratoriyasi uchun elektr kattaliklarni qiyoslash maqsadida AQSh da ishlab chiqarilgan ko‘p funksiyali kalibrator va ko‘p funksiyali multimetr xarid qilinib foydalanishga topshirildi.
Ushbu namunaviy o‘lchov vositalari yordamida elektr kattaliklarni hisoblovchi ampermetr va voltmeter kabi o‘lchov vositalarini qiyoslash imkoniyati vujudga keladi. Buning natijasida esa ish samaradorligi oshib, ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator yengil va qulay shart-sharoitlar yaraladi.
Bu esa o‘z navbatida markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasining kengayishiga va markaz faoliyatining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.