2017 yilning hozirgi kuniga qadar, 170 ta oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablarini bajarilishi hamda metrologiya va sertifikatlashtirish qoidilari ustidan davlat nazorati o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 120 marotaba , nomuvofiq bo‘lgan mahsulotlarni sotilishini ta’qiqlash yuzasidan 32 ta holatda tegishli ko‘rsatmalar berilgan.
170 ta mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilib, ularga nisbatan 38 628,4 ming so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.