Mazkur Qonun talablariga ko‘ra, muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan mahsulotni realizatsiya qilish taqiqlanadi. Ammo, Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning Farxod bozoridagi Sharshara do‘konida sifatsiz kolbasa mahsuloti sotilayotganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilgan murojaati bo‘yicha o‘rganish natijasida qonun talablariga rioya etilmayotganligi aniqlandi.
Xususan, “O‘zstandart” agentligi tizimi mas’ul xodimlari tomonidan joriy yilning iyul oyida “KOZIMJON RENTING SERVIS” MChJda rejadan tashqari o‘tkazilgan inspeksiya nazoratida “FAZO” nonushta uchun nomli kolbasa mahsuloti muvofiqlik sertifikatisiz 100 kg. miqdorida ishlab chiqilib, sotilganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining “Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi” to‘g‘risidagi 23-moddasi talablariga ko‘ra, “KOZIMJON RENTING SERVIS” MChJ direktori Do‘stmuxamedov Shuxrat Turabovich ma’muriy javobgarlikka tortildi.