Ichimlik soklari yorliqlaridagi 100% tabiy degan yezuvning asosliligi va kim tomonidan ushbu yorliqlar nazorat qilinishi?

Tabiiy sharbatlar me’yoriy hujjat (standart), retseptura asosida ishlab chiqariladi.

100 % tabiiy degan yozuv sharbat tarkibida unsurlar mavjud emasligini bildiradi.

Ma’lumki, meva va sabzavotlar yilning turli mavsumlarida (sezon)da teriladi va ulardan konsentrat ishlab chikarilib, pyure sifatida aseptik paketlarga kadoklanadi.

Yil davomida ushbu konsentrat suv, shakar, limon kislotasi va shunga uxshash ozuqaviy qo‘shimchalar bilan me’yorlashtirilib, nordonligi, shirasi, quykasi (myakot) standart talabiga mos ravishga keltiriladi.

Bunday sharbatlar yorliqlarida tabiiy deb ko‘rsatilishi mumkin.

Mahsulot yorliqlarining nazoratini qonun hujjatlarida belnilangan davlat idoralari tomonidan nazorat qilinadi.



Kolbasaning tarkibi qayerda yezilgan va kim tamonidan tayyor mahsulotning tarkibi aniqlanadi (kolbasa maxsulotida gushtning % darajasi)?

“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonunning 12-modasiga muvofiq, har bir ozik-ovkat maxsulotining yorligida, ya’ni markirovkasida uning tarkibi yozilgan bulishi shart.

Tarkibi esa Soglikni saklash vazirligi tomonidan tasdiklangan retsepturaga asosan ko‘rsatiladi.

Xususan, kolbasa maxsuloti belgilangan standartga asosan tayyorlanib, uning tarkibidagi go‘shtning miqdori tasdiqlangan retsepturaga muvofiq bo‘ladi.

Bugungi kunda kolbasa mahsulotini ishlab chiqarish uchun ozik-ovkat texnologiyalari rivojlangan bulib, ta’m kuchaytiruvchi, rang beruvchi moddalar, konservantlar kushishga yul kuyiladi. Birok bu kushimchalar retsepturada kursatilgan va Soglikni saklash vazirligi tomonidan ruxsat bilan ishlatilishi mumkin.



Freyzer uskunalarida tayyorlanayotgan morojniy mahsulotini kim tomonidan nazorat qilinadi. (sotilishini, mahsulot sifatini,)?

Muzkaymok maxsuloti, uning tayyorlanishi, kadoklanishi va kanday xolatda sotilishi (kadoklangan va ulchab tortiladigan)dan kat’iy nazar, majburiy sertifikatlanadigan maxsulotlar ruyxatiga kiritilgan.

Shunday ekan, frezer yuli bilan chikariladigan muzkaymokni xam seriyali ishlab chikarishga muvofiklik sertifikati rasmiylashtirilmaguncha sotish takiklanadi. Bunday maxsulot sertifikatlangandan keyin uning sifati muntazam nazorat qilib boriladi, ya’ni kabul kilish sinovlari, davriy sinovlar, inspeksiya nazorati va x.k.

Umumiy ovkatlanish shaxobchalarida sotilayotgan maxsulotlarning tegishli ruxsat xujjatlariga, sertifikatlarga ega ekanligini shu xududdagi xokimiyatlar koshidagi savdo nazorati vakillari va solik idoralari nazorat kilishlari lozim.