Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, tadbirkorlar, mehnat faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
– Prezidentimiz joriy yil 7-8 iyul kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Namangan shahrining iqtisodiy salohiyati haqida to‘xtalib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida muhim vazifalarni belgilab berdi, – deydi Namangan shahar hokimi Sh.Abdurazzoqov. – Mazkur kichik sanoat zonasi istiqbolli loyihalardan biri bo‘lib, hudud iqtisodiyotining yanada yuksalishiga, aholi bandligi va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Kichik sanoat zonasida dastlab to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda 9 loyiha amalga oshiriladi. 450 yangi ish o‘rni yaratiladi. 10 gektar maydonda barpo etiladigan kichik sanoat zonasida yil oxiriga qadar jami 44 istiqbolli loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularning har birida 50 tadan yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. E’tiborlisi, sanoat majmuasini ishga tushirish orqali aniq mashg‘ulot turiga ega bo‘lmagan, ishsiz yurgan yoshlar bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.