Eksportni rivojlantirish – dunyo bozoriga yo‘l demakdir!
Mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoiti, quyoshli kunlarning ko‘pligi, unumdor tuprog‘iyu, boy ilmiy-intellektual salohiyati, dunyo bozorida xaridorgir bo‘lgan sifatli mahsulotlarini yetishtirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Mahsulot eksport qilishda xalqaro talablar va chet el qonunchiligi muhim ahamiyatga ega, bu borada xalqaro tajribani o‘rganish, korxonalarda xalqaro talablarga mos boshqaruvni joriy etishda “O‘zstandart” agentligi tomonidan ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tizimida hamda viloyatlarda vakillariga ega bo‘lgan “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” tomonidan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, sertifikatlashtirish, yorliqlash, qadoqlash va boshqa parametrlar bo‘yicha xalqaro va mamlakatlararo talablar yuzasidan bepul konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘tgan yillar tahliliga asosan Samarqand viloyatidagi 150 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari va mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga bepul konsultativ xizmatlar ko‘rsatish natijasida 26 ta korxonalar tomonidan o‘z mahsulotlarini dunyoning bir qator davlatlariga eksportni amalga oshirdi.
“Eksportga ko‘maklashish byurosi” faoliyati yanada jadallashtirish, bu borada ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2935-sonli qarori bilan “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” faoliyati qayta tashkil etildi hamda hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarida o‘z vakillariga ega bo‘ldi.
Jahon standartlariga mos sifatli mahsulotni ishlab chiqarish va uni jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” vakili korxona va tashkilotlarga bepul konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish orqali yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlarimizning nafaqat ichki bozorlarimizda, balki jahonning rivojlangan mamlakatlari bozorlaridamunosib o‘rinni egallashiga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.
Транслитератор 193462 маротаба ишлатилган. Ундан 160627 - Web API орқали.