Muhokamaga “O‘zstandart” agentligi va “O‘zbekturizm” MK ning “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi kiritilmoqda.

“Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalari”ning yangi tahriri “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Turizm to‘g‘risida”gi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 13 martdagi 60-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqildi. 

“Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasining matni va uning ilovalari bilan bizning saytda tanishishingiz mumkin.

Loyiha bo‘yicha taklif va e’tirozlarni “O‘zstandart” agentligining Muvofiqlikni tasdiqlash sohasidagi texnikaviy siyosat boshqarmasiga 2016 yil 10 mayiga qadar yuborishingiz mumkin.
Mas’ul shaxs – Toxirov O.Z.
E-mail: tohirov@standart.uz 
Telefon: 0(371) 202-00-11 (1008)