Ma’lumot uchun: 10 sertifikatlashtirish idorasida inspeksion nazorat o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar asosida faoliyati to‘xtatildi, 4 ta idora va 1 ta laboratoriyaning faoliyatini bekor qilish uchun xujjatlar sudga chiqarildi. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy materiallar umumlashtirilib ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bulardan tashqari, hududlardagi bozorlar va savdo do‘konlarida Xitoydan import qilingan isitish tovarlari (elektr pechkalar, duxovkalar, qozonlar, gorelkalar) muvofiklik sertifikatisiz sotilishini oldini olish maksadida viloyat hokimligi, soliq, standartlashtirish, SES, bojxona va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma chora-tadbirlari tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda.
Birinchi navbatda tadbirkorlarga amaldagi qonunchilik bo‘yicha tushuntirishlar berish orqali sertifikati bo‘lmagan isitish moslamalari va jihozlari savdodan oldirilayapti.
Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlariga asosan, bugungi kunda Hazorasp, G‘ijdivon, Urgut va Qo‘qon erkin iqtisodiy hududlarda “O‘zstandart” agentligining ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq qadama-qadam chora-tadbirlar belgilanib amaliy ishlar boshlandi.
Shuningdek, barcha viloyatlarda aholiga maishiy gaz, suv va elektr hisoblagichlarni qiyoslash masalasida qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ko‘chma laboratoriyalar faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari 20 ta tumanlarda aholidan maishiy hisoblagichlarni qabul qilish va qiyoslash bo‘yicha shaxobchalar tashkil etildi.