1. Soliq solinadigan baza yangi texnologik uskunalar sotib olishda, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirishda, laboratoriya uchun sinov uskunalari sotib olishda, soliq solinadigan bazadan 25 foizga ko‘p bo‘lmagan holda yo‘naltirilgan vositalar summasidan kamaytiriladi. Ushbu imtiyoz yuqorida ko‘rsatilgan sarflar bajarilgan soliq davridan boshlab besh yil davomida, texnologik uskunalar bo‘yicha esa u ishga tushirilgan kundan boshlab amalga oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 356-moddasi).
2. Foyda solig‘ini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi sifatni boshqarish tizimlari joriy etilishi va ularga yo‘naltiriladigan investitsiyalar summasiga qonun hujjatlariga muvofiq kamaytiriladi.
Korxonalarda sinovlar o‘tkazishda foydalaniladigan texnologiya jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni chetdan keltirishda bojxona to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin. (O‘zbekiston Republikasi Vazirlar M axkamasiningn 2004 yil 22 iyuldagi 349-son Qarori 4-5 bandlari).
3. Davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazishda boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan mamlakatimiz mahsulot yetkazib beruvchilariga beriladi
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi 173-son Qarorining 5-bandi).