“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tasdiqlangan rejasiga asosan 2016 yilning 21 aprel kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va kichik biznes vakillari qatnashdilar.

Sayyor qabulda “O‘zstandart” agentligi Matbuot xizmati rahbari A. Rasulov va “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” DK direktorining o‘rinbosari A. Daminov, Navoiy viloyati Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazining mas’ul xodimlari ishtrok etdilar.

Yig‘ilish davomida jismoniy va yuridik shaxslar aholi va ishlab chiqarish korxonalaridagi maishiy o‘lchov vositalarining Davlat qiyoslovidan o‘tkazish tartiblari hamda bozorlardan, savdo shaxobchalaridan xarid qilinayotgan mahsulotlarni sotib olayotganda qanday talablarga javob berishi zarurligi bilan bog‘liq savollariga javob olidlar.