Agentlik tizimida laboratoriya jihozlarini almashtirishga bu yil 10 mlrd. so‘m, o‘tgan yilgidan 2 marta ko‘p ajratildi. Rejaga ko‘ra yaqin 3 yilda 10 mln. dollarlik jihoz xarid qilib va eskirganlari yangilanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: ma’nan eskirgan 910 ta asbob-uskunalarning o‘rnini bosuvchi umumiy qiymati 13,5 mlrd. so‘mlik 400 ta sinov va o‘lchov qurilmalarining aniq ro‘yhati shakllantirildi.
Dasturga asosan, joriy yilning birinchi choragida 2,9 mlrd. so‘mlik 95 ta sinov uskunalarini xarid qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1,4 mlrd so‘mlik 46 ta uskuna xarid qilindi. Natijada chorak rejasi 47,2 % ga, yillik reja 10%ga bajarildi.
Belgilangan rejaga asosan, joriy yilning 1sentyabrgacha Qoraqalpog‘istonda zamonaviy laboratoriya binosi qurilib, jihozlanadi.
Andijonda ham yaqin oylarda 2,1 mlrd so‘mlik mashinasozlik va elektrotexnika laboratoriyasini ishga tushirish rejalashtirilgan.