Bugungi kunda O‘zbekiston Standartlashtirish,metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan sifatni nazorat qilish va sertifikatlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tizimdagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga muhim vazifa sifatida e’tibor qaratmoqda.
Buning uchun laboratoriya jihozlarini yangilishga joriy yilda 10 mlrd. so‘m,ajratildi. Raqamlar tahlil qilinganda bu o‘tgan yildagidan 2 marta ko‘p demakdir.
“O‘zstandart” agentligi rejasiga ko‘ra, yaqin 3 yilda 10 mln. dollarlik jihoz xarid qilinib, ma’nan eskirgan jihozlar zamonaviylariga almashtiriladi.
Ma’lumot uchun: ma’nan eskirgan 910 ta asbob-uskunalarning o‘rnini bosuvchi umumiy qiymati 13,5 mlrd. so‘mlik 400 ta sinov va o‘lchov qurilmalarining aniq ro‘yhati shakllantirildi.
Dasturga asosan, joriy yilning birinchi choragida 2,9 mlrd. so‘mlik 95 ta sinov uskunalarini xarid qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1,4 mlrd so‘mlik 46 ta uskuna xarid qilindi. Natijada chorak rejasi 47,2 % ga, yillik reja 10%ga bajarildi.
Belgilangan istiqbol rejasiga asosan, joriy yilning1-sentyabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy laboratoriya binosi qurilib jihozlanishiga 2,5 mlrd so‘m ajratildi.
Andijon viloyatida esa yaqin kunlarda 2,1 mlrd so‘mlik mashinasozlik va elektrotexnika laboratoriyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.