Mahalliy mahsulotlarning sifati va xorijiy bozorlardagi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biri standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi milliy normativ-huquqiy bazaning xalqaro talablarga mos darajasi, shuningdek, respublikamizning sinov va o‘lchash laboratoriyalari moddiy-texnika bazasining holati hisoblanadi. Ushbu jarayonga tizimli ravishda o‘zgartirish kiritish maqsadida “O‘zstandart” agentli tomonidan Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilib 2017 yilning 6 oyligi davomida 264 ta xalqaro standartlar qabul qilindi. Qabul qilingan standartlarning 52 tasi mashinasozlik, 60 tasi yoqilg‘i-energetika, 21 tasi qurilish kommunal va transport,105 tasi agrosanoat,12 tasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 14 tasi sog‘liqni saqlash va ekologiya sohalariga joriy qilindi.
Mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish maqsadida qonuniy bazani takomillashtirish doirasida xalqaro qoida va amaliyotni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida» (2009 yil) va «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi (2013 yil) qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar ichki bozorning sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinishi hamda respublikamiz laboratoriyalari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijalarining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda jami 27 ta (shundan, 19 ta umumiy va 8 ta maxsus) texnik reglamentlar amaliyotga joriy etildi, bu esa o‘z o‘rnida muvofiqlikni baholashning zamonaviy yondashuviga zamin yaratdi.
Tadbirkorlik sub'yektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati keskin qisqartirildi. Eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, o‘lchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini litsenziyalash jarayoni bekor qilindi.
Shuningdek, 2017 yil muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi doirasida Toshkent shahrining “Toshkent-tovar”, “Shosh-trans”, “Ark-buloq”, “Keles” bojxona terminallarida tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi sertifikatlashtirish idoralari tashkil etildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 318-sonli karoriga muvofik, chetdan keltirilayotgan import mahsulotlarga sertifikat rasmiylashtirish muddati 10 kun bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sertifikat rasmiylashtirish 10 kundan 1 oygacha muddatda amalga oshirilishi belgilangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 iyundagi PQ-3077-sonli qaroriga asosan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 iyulidan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish muddati 3 kun muddatgacha qisqartirildi.