O‘zDSt ISO/IEC 17043:2015 davlat standartiga asosan kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalari akkreditatsiya doirasiga muvofiq ravishda davriy laboratoriyalararo solishtirish ishlarida qatnashishlari lozim.
2017 yil fevral oyida “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasi layoqatlilikni tekshirish provayderi sifatida akkreditatlangan.
“O‘zMMI” DK, layoqatlilikni tekshirish provayderi bo‘lib, laboratoriyalararo solishtirishlarni, jumladan qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari uchun malakani tekshirish dasturlarini o‘tkazadi.
“O‘zMMI” DK qoshidagi Laboratoriyalararo solishtirishlar guruhi asosida tashkil qilingan layoqatlilikni tekshirish provayderi O‘z DSt ISO/IEC 17043:2015 «Muvofiqlikni baholash. Layoqatlilikni tekshirishni o‘tkazishga asosiy talablar» davlat standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini ishlab chiqib, joriy qildi.
“O‘zMMI” qoshidagi Layoqatlilikni tekshirish provayderi metrologik xizmatlarning quyidagi o‘lchash turlari bo‘yicha layoqatlilikni tekshirishda ixtisoslanadi: massa, bosim, harorat, gaz sarfi.
Layoqatlilikni tekshirish dasturida qatnashish uchun belgilangan shakldagi Murojaatnomani to‘ldirib (layoqatlilikni tekshirish dasturini ko‘rsatgan holda), uni Provayderga pochta orqali, yoki otd-12@nim.uz elektron manziliga, yoki +99871 150-26-15 faks orqali yuborish kerak.
Ushbu murojaatnoma layoqatlilikni tekshirish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun shartnoma tuzishga asos bo‘ladi.
Yangi layoqatlilikni tekshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda manfaatdor bo‘lsangiz, iltimos So‘rovnomani to‘ldirib, otd-12@nim.uz elektron manziliga yoki +99871 150-26-15 faksga yuboring.