“O‘zstandart” agentligi tomonidan korxonalarda ISO 50001 standartini joriy etish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Tasdiqlangan rejaga muvofiq 2016-2019 yillarda respublikaning 68 ta energiya hajmi yuqori korxonalarda ISO 50001 energomenejment tizimlarini joriy etish belgilangan.
Ma’lumot uchun: AK “O‘zeltexsanoat”da - 7 ta, AK “O‘zavtosanoat”da – 34 ta, MXK “O‘zneftegaz”da - 4 ta, AJ “O‘zbekenergo”da – 2 ta, AJ “O‘zkimyosanoat”da - 6 ta, “Navoiy TMU” – 1 ta, “Toshkent issiqlik markazi” – 1 ta, “Olmaliq TMK” – 1 ta, “O‘zmetkombinat” – 1 ta, AK “O‘zqurilishmateriallari”da – 6 ta, “O‘zmaxsusmontajqurilish” – 1 ta, XK “O‘zpaxtasanoateksport” – 2 ta, AK “O‘zbekengilsanoat” – 2 ta.
2016 yil davomida reja 10 ta belgilangan, amalda 11 ta korxonada ushbu tizim joriy etilgan.
2017 yilda ISO 50001 xalqaro standartiga muvofiq energomenejment tizimlarini 24 ta korxonada joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan joriy yilning 6 oyida 9 ta korxona kiritilgan.
Ma’lumot uchun: 2017 yilda AK “O‘zeltexsanoat”da - 2 ta, AK “O‘zavtosanoat”da 15 ta korxona (shundan joriy yilning 6 oyda 7 ta), MXK “O‘zneftegaz”da - 2 ta, AJ “O‘zkimyosanoat”da - 2 ta, “Toshkent issiqlik markazi”da 1 ta, “Navoiy TMU” – 1 ta, AK “O‘zqurilishmateriallari”da – 1 ta.
Natija:
2017 yil 6 oylikda ISO 50001 xalqaro standartiga muvofiq energomenejment tizimlari joriy etilgan korxonalar soni 9 ta (100,0%)ni tashkil etdi. 
Ma’lumot uchun: 2017 yil 6 oyda AK “O‘zavtosanoat”da 1 ta korxona (reja 7 ta), MXK “O‘zneftegaz”da - 2 ta, AJ “O‘zkimyosanoat”da - 3 ta, AK “O‘zqurilishmateriallari”da – 2 ta, “O‘zpaxtayog‘” AJ – 1 ta.
ISO 50001 talablariga muvofiq energomenedjment tizimlari joriy etilgan korxonarlarda energosarfni aniqlash maqsadida vazirliklarga xat loyixasi tayyorlanmoqda.