O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyulda 207-son qarori bilan tasdiqlangan 2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 476-son qarori bilan “Oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligi” to‘g‘risidagi Umumiy texnik reglament qabul qilindi.

Texnik reglamentni qabul qilinishi quyidagilarni ta’minlaydi:

1. Oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan barcha turdagi va ko‘rinishidagi qadoqlar (metall, polimer, qog‘oz, karton, shisha yog‘och, aralash materiallardan, tekstil va keramikadan qadoqlar) xavfsizligi uchun (shu jumladan tiqinlash vositalarga ham) yagona talablarni o‘rnatish va qo‘llash;

2. Inson hayoti va salomatligi xavfsizligini, atrof-muhit muhofazasini, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarni qo‘llash qismida iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarni oldini olish va uni xavfsizligini ta’minlash. Bunda quyidagilar tartibga solinadi: qadoqdan ajralib chiqadigan kimyoviy moddalarning migratsiya darajasi, identifikatsiya, muvofiqlikni baholash va qadoqlangan mahsulotni tamg‘alash tartibi).

3. Texnik reglament:

- ISO standartlashtirish bo‘yicha halqaro tashkiloti talablari;

- Yevropa Ittifoqining 89/109-sonli «O sblijenii gosudarstv-chlenov YeES otnositelno materialov i izdeliy, prednaznachennыx dlya neposredstvennogo kontakta s piщevыmi produktami» direktiva talablari;

- YeAES davlatlari-ishtirokchilarining “Qadoqlash xavfsizligi to‘g‘risida”gi Bojxona Ittifoqining texnik reglament talablari bilan uyg‘unlashgan.

 

Mazkur texnik reglamentni qabul qilinishidan hosil bo‘ladigan effekt:

Mazkur texnik reglamentni qabul qilinishi oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan qadoqlarning xavfsizligiga yagona xavfsizlik talablarini qo‘llashni va texnik jihatdan tartibga solishni asosiy qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi. Buning natijasida Texnik reglamentni qabul qilinishi bilan oziq-ovqat mahsulotlari qadog‘i qismiga doir 200 dan ortiq standartlar ixtiyoriylik maqomga o‘tadi.