So‘nggi paytlarda iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolardan biri bu- sut va sut mahsulotlarining ayrim turlari belgilangan me’yoriy hujjat talablariga mos kelmayotgan edi.
Aynan shu sabab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturiga muvofiq 2017 yilning 7 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 474-sonli qarori bilan «Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament qabul qilindi.
Umumiy texnik reglament:
- inson xayoti va sog‘lig‘ini ximoya qilish va sut va sut mahsulotlarining iste’molchilarini chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish;
- texnik jihatdan tartibga solish qoidalari va prinsplarini amaliyotga joriy etish;
- sut va sut mahsulotlariga belgilangan talablar, shu jumladana xavfsizlik talablarini uyg‘unlashtirish.
Umumiy texnik reglamentning talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan barcha sut va sut mahsulotlariga taaluqli. O‘z navbatida texnik reglament talablari uy sharoitida ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilishga mo‘ljallanmagan sut va sut mahsulotlari, shuningdek, davolanish uchun, qandolat va pazandachilik uchun qo‘llaniladigan sut va sut mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari asosida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va biologik aktiv qo‘shimchalar, dorivor vositalar, xayvonlar uchun yemlar, nooziq-ovqat tovarlariga taaluqli emas.
Shuningdek, texnik reglamentda sut va sut mahsulotlarining atamalariga, xavfsizligiga, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utelizatsiya qilish talablari, namunalarni tanlab olish qoidalari va sinov uslublari, belgilangan talablarga muvofiqligini baxolash tartibi, dadavlat nazoratini o‘tkazish hamda sut va sut mahsulotlarini qadoqlash va yorliqlashga bo‘lgan talablar belgilangan.
Umumiy texnik reglamentni amaliyotga joriy etish muddati rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 18 oy deb belgilangan.
Hurmatli iste’molchilar! «O‘zstandart» agentligi sizni sut va sut mahsulotlarini xarid qilayotgan paytingizda albatta uni sertifikatini so‘rashingizni tavfsiya etadi.