“O‘zstandart” agentligining 2015-2020 yillarda “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirish” strategik rejasiga muvofiq respublikaning Samarqand va Andijon sinov va sertifikatlashtirish idoralari qoshidagi sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idoralarini ISO/IEC 17021-1:2015 “Menejment tizimlarining auditi va sertifikatlashtirishni amalga oshiradigan idoralariga qo‘yiladigan talablar” standarti bo‘yicha halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish harakat dasturi belgilangan.

Ushbu xarakat dasturiga asosan joriy yilning 12-14 aprel kunlari Samarqand shaxrida Turkiya davlatining TURKAK akkreditatsiya idorasi eksperti (Damla Duvan) tomonidan ISO/IEC 17021-1:2015 “Menejment tizimlarining auditi va sertifikatlashtirishni amalga oshiradigan idoralariga qo‘yiladigan talablar” halqaro standarti bo‘yicha respublikaning Andijon, Xorazm, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surhondaryo viloyatlari va Chirchiq markazlari mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.

Ushbu standart bo‘yicha idoralarning halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishdan asosiy maqsad, muvofiqlikini baholash jarayonlarini halqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash, bu esa o‘z navbatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jahon bozoriga chiqishiga yo‘l ochish va savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishdan iborat.
Seminar yakunida ishtirokchilarga ISO/IEC 17021-1:2015 “Menejment tizimlarining auditi va sertifikatlashtirishni amalga oshiradigan idoralariga qo‘yiladigan talablar” halqaro standarti bo‘yicha sertifiikatlar topshiriladi.