O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi PQ-3916-son qaroriga muvofiq Sattarov Dilshod Nematovich “O’zstandart” agentligi Bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi PQ-3916-son qaroriga muvofiq Sattarov Dilshod Nematovich “O’zstandart” agentligi Bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi.
«Axborot-ma’lumot markazi» Davlat korxonasi Me’yoriy xujjatlarning ekspertiza qilish bo‘limi tomonidan 2018 yilning o‘tgan davr mobaynida 816 ta ekspertiza xulosasi berildi
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash, tamg‘alash, saqlash, realizatsiya qilish hamda utilizatsiya qilish O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustdagi «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
“O’zstandart” agentligining “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasi, shuningdek “Respublika SSM” Davlat korxonasi va uning hududiy bo‘linmalarining mutaxasislari delegatsiyasi CATARC (China Automotive Technology & Research Center Co. Ltd.) kompaniyasida elektromagnit mos keluvchanlik bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdi.
Respublikamizda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan,”O‘zstandart” agentligi hamda «Oila dvrasida» ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy gazetasi hamkorligida poytaxtimizning ayrim bozorlarida sotilayotgan daftarlardan namunalari tanlab olinib, ularning davlat standartlariga qanchalik mos kelishi tahlil qilinganda bir qator nuqsonlar borligi ma’lum bo‘ldi.
Joriy yilning 16 avgust kuni stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari bo‘yicha Agentlikning tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida yarim final va final musobalari bo‘lib o‘tdi.
Axborot ma’lumot markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya kilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, kelgusida bekor qilinishi rejalashtirilgan va ma’nan eskirgan, bozor mexanizmlarini o‘rnini egallab olgan standartlarni xatlovi o‘tkazilib, “O‘zstandart” agentligi tomonidan vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarga xatlov natijalari yuborilib, 556 ta standartlar, vazirlik va tashkilotlardan yig‘ilgan takliflar asosida bekor qilindi.
Sirdaryo viloyati Guliston shaxrida “Sirdaryo SSM” DK, “Andijon SSM” DK, “Farg‘ona SSM” DK, “Namangan SSM” DK, “Olmalik SSM” DK va “Bekobod SSM” DK jamoalari o‘rtasida chorak final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 13 avgust kuni Surxondaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda “Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi rahbarlari va Afg‘oniston Islom Respublikasi Mozori Sharif viloyati “Muttaqizoda” MChJ rahbarlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tashabbusi bilan Jizzax Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Jizzax Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida “Korrupsi taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Agentlik tomonidan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvning mavzusi ham “Korrupsiya taraqqiyotimiz kushandasi” deb nomlandi.
“O‘zstandart” agentligi jurnalistlar uchun navbatdagi matbuot anjumanida Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavsizligini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlari xususida batavfsil ma’lumot berdi.
11-12 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Afg‘oniston Islom Respublikasi Balx viloyati Xayraton shaharlarining “Shaharlararo hamkorlik uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 yanvardagi PP-2727-sonli Qarori asosida“ China Railway Tunnel Group Co., Ltd.” korxonasi nomiga keltirilgan o‘lchov vositalarini sertifikatlashtirish uchun murojaat qabul qildi.
Joriy yilning 7 avgust kuni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar xurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan islohotlarning qonuniy asoslarini yaratishga qaratilgan, mamlakatimiz va undagi fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sohalardagi manfaatlarini ta’minlashga doir bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida sertifikatlashtirish jarayonlari natijasida jami 60 mlrd. 270 mln 604 ming so‘mlik mahsulotlarning yaroqsizligi a’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Respublikaga chetdan kirib kelayotgan va ishlab chiqarilayotgan energiya sarflovchi uskuna va jixozlarga majburiy energetik markirovkalash tizimini joriy qilish chora tadbirlari to‘g‘risida” Qaror loyihasi ishlab chiqildi.
2018 yil 7 avgust kuni «O‘zstandart» agentligida Germaniyaning «ATLAS International AG» bosh direktor Artur Konrad, «Jenoptik Robot GmbH» kompaniyasi strategik biznez boshqaruvchisi Ralf Shmit va Yevropa mintaqasi bo‘yicha bosh direktor Piter Shtaynerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida poytaxtimizdagi dehqon bozorlarida qo‘llanilayotgan tosh va tarozilarning bugungi holati tanqidiy o‘rganildi.
“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, soha xodimlari ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusidagi seminarlar tizimli tashkil etilmoqda.