Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining bir guruh mutaxassislari xizmat safari bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining bir guruh mutaxassislari xizmat safari bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.
Agentlik masʼullari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5159-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Kanadaning HATCH kompaniyasi vakillari Trakuair Greg va Xlouschko Stefan Josef bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat tashkilotlari xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlari raislari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi rais oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva, qoʻmita masʼullari, raislari va TTSA xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi ishtirok etdi.
SE Markirovkasi- Yevropa davlatlariga eksportda katta imkoniyat, shu bilan birga hozirgi kuchli raqobat sharoitida xorijiy bozordan ayniqsa Yevropa Ittifoqi bozorlaridan mustahkam joy egallash muhim masala hisoblanadi.
Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda xotin-qizlar himoyasini oʻzida aks ettiruvchi bir qator hujjatlarning mazmun-mohiyati va zoʻravonlikning har qanday turi inson huquqlariga qarshi jinoyat ekanligi, bu holatni hech narsa bilan oqlab boʻlmasligi haqida tushunchalar berildi.
Respublikamizda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish belgilangan.
Agentlik va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filiallar tomonidan sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Buning natijasida ularning faoliyatlaridagi standartlashtirish, metrolgiya va serifikatlashtirish sohalaridagi muammolariga barham berilmoqda.
Agentlikda sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa yordamida davlat tili haqidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosida ish yuritishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvda davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, hujjatlar aylanishi davlat tilida boʻlishini taʼminlash va bu jarayonda davlat tiliga qatʼiy amal qilishni nazorat qilish belgilanganligi taʼkidlandi.
Anjumanda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuniga bagʻishlangan
Soʻngi yillarda “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Xalqaro savdo markazi bilan standartlashtirish, muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlik koʻlami kengaytirildi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga olib chiqildi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) rahbariyati bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Agentlik masʼullari va Buxoro viloyati hududiy boʻlinma xodimlari Buxoro shahrida joylashgan “Malika Sulton” zardoʻzlik va hunarmandchilik markazi hamda “Usta Davron Toshev miniatyura markazi” hunarmandlar faoliyati bilan tanishdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Agentlik huzuridagi Fargʻona viloyati boʻlinmalari va Fargʻona huquqshinoslik texnikumi talabalari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazdilar.
“Davlat bayrogʻi” qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18 –noyabr kuni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Navoiy viloyati hududiy filiallari xodimlari ishtirokida «Bayrogʻimiz-faxru gʻururimiz» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boʻlinmalari va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro shahar boʻlinmasi, Adliya boshqarmasi Intellektual mulk boʻlimi masʼullari ishtirokida «Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan «Bayrogʻimiz-faxru gʻururimiz» shiori ostida maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Fransiyaning Versal shahrida Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosining navbatdagi 27-Bosh konferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda aʼzo mamlakatlardan qatnashuvchilar tomonidan “Metrologiyaga boʻlgan ehtiyojlar” hisoboti, Global raqamli transformatsiya va xalqaro birliklar tizimi, Xalqaro kattaliklar tizimi (SI) prefikslari diapazonini kengaytirish, xalqaro vaqt birligi UTCdan foydalanish va kelajakdagi rivojlanish, Metrik konvensiyasiga rioya qilish masalalari koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Oziq-ovqat sanoat uyushmasi raisi Bahodir Umarshayxov va “Malasian Palm Oil Council” texnik eksperti A.Udavenkolar bilan uchrashuv oʻtdi.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini oʻrganish, korxonalardagi mavjud quvvatlarini oshirish, yangi imkoniyatlarni ishga tushirish orqali ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, mahalliy sanoat, shu jumladan eksport qiluvchi korxonalar faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyat filiallari xodimlari Buxoro shahridagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarida oʻrganishlar olib bordilar.
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining 2022-yil 27-29-iyul kunlari Hindiston va Bangladesh davlatlariga tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Hindiston muvofiqlikni baholash idorasi KWALITYCERT SERVICES PVT LTD bilan onlayn videokonferensiya oʻtkazildi.