Joriy yilning 13 may kuni Jahon bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha eksperti Vafa Aranki rahbarligidagi delegatsiya a’zolari «O‘zstandart» agentligiga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 13 may kuni Jahon bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha eksperti Vafa Aranki rahbarligidagi delegatsiya a’zolari «O‘zstandart» agentligiga tashrif buyurdi.
“O‘zstandart” agentligiga Xalqaro moliya korporatsiyasining xususiy sektor, makroiqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha eksperti Violana Konar-Lisi hamda Bojxona va savdo-sotiqni rivojlantirish bo‘yicha yuristi Keyton Kervell tashrif buyurdi.
“O‘zstandart” agentligi tizimiga zamonaviy bilim va malakaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha “Toshkent kimyo-texnologiya instituti” bilan doimiy hamkorlikda ish olib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markazida mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida navbatdagi Media-tur tashkil etildi.
“O‘zstandart” agentligi markaziy hamda mahalliy jurnalistlar ishtirokida media-turlar tashkil etib, unda hududiy markazlarning faoliyati, sinov laborotoriyalari hamda ishlab chiqarish korxonalarga ko‘rsatayotgan yordami ommaviy axborot vositalari orqali targ‘iboti yo‘lga qo‘yilgan.
Markaz tashabbusi bilan Germaniyaning fizik-texnik Federal instituti (PTB) eksperti, ILAC va IAF orqali akkreditatsiya xizmatlarini o‘zaro tan olinishga erishish bo‘yicha 30 qadam konsepsiyasi muallifi Manfred Kindler Akkreditatsiya markazini xalqaro tashkilotlarga a’zoligiga erishish uchun xalqaro ekspert sifatida jalb etildi. Ushbu konsepsiya Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining milliy akkreditatsiya tizimini baholash jarayonida samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi tasarrufidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida tashkil etilgan “Baris import va eksport markazi”ida bo‘ldilar. Ushbu markaz 3500 m2 maydonli ko‘rgazma zali, telestudiya, shourumlar va mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalarga ega.
Institut laboratoriyalarini modernizatsiyalash va qayta jihozlash bo‘yicha rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib amaliyotga keng joriy etildi.
Mazkur dasturga asosan 2019 yilda 1 952,9 mln. so‘mlik jami
15 dona zamonaviy uskuna xarid qilinishi belgilandi.
Hozirda 375,5 mln. so‘mlik 3 dona uskunalar xarid qilindi va laboratoriyalarda jihozlash ishlari davom ettirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 3 mayida tasdiqlangan «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida» gi qaroriga asosan Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari uchun “Terrorizm – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari urush va mehnat faxriylari holidan xabar oldilar, xususan markazda uzoq vaqt faoliyat yuritgan, urush va mehnat faxriysi, Mulin Vladimir Vasilevich xonadonida bo‘lib ustozga bayram sovg‘alari topshirildi.
Аndijon sinov va sertifikatlashtirish markazida “Inson aziz-xotira muqaddas” mavzusida ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni markaz direktori I.Qosimov ochib, yurtimizda urush va mehnat faxriylariga ko’rsatib kelinayotgan e'tibor va uning tarbiyaviy ahamiyati xususida gapirdi.
Bu dunyoda inson qadri va uning xotirasidanda azizroq ma’naviy boylik bo‘lmasa kerak. Afsuski, xotiralar hamisha tiniq va musaffo bo‘lavermaydi. Ikkinchi jahon urushi va uning xalqimizga keltirgan kulfatlari, alamlari hech qachon unut bo‘lmaydi. Ayni kunlarda yurtimizda urush va mehnat faxriylari e’zozlanib, ularga ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Barcha sohalar qatorida milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish borasida ham bir qator yangiliklar, islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mana shunday xalqaro talablarga muvofiqligi ta’minlangan standartlardan biri ISO15189 standarti qabul qilinishi borasida ishlarning boshlanganidir.
“O‘zstandart” agentligi Milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda Agentlik huzurida tashkil etilgan Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti faoliyati to‘g‘risida jurnalistlarga ma’lumot berildi.
AQSh Savdo Vazirligi qoshidagi Tijorat Huquqlarini Rivojlantirish Dasturining (CLDP) Xalqaro Advokatlar maslahatchisi M.Kofild boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi "O‘zstandart" agentligiga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 29 aprel – 18 may kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali “O‘zstandart” agentligi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida bir guruh koreyalik mutaxassislar “O‘zstandart” agentligida standartlashtirish sohasida yangi axborot tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish ustida ish olib bormoqdalar.
Rossiya Federatsiyasining Permskiy Kray hukumat raisi o‘rinbosari – Savdo va tadbirkorlik bo‘yicha vaziri A.V.Chibisov boshchiligida hukumat vakillari va ishlab chiqarish korxonalar rahbarlari Farg‘ona viloyatida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish uchun bir ыator kelushuvlarga erishildi.
Belarus Respublikasining Davlat standartlashtirish qo‘mitasi raisi Tataritskiy Valentin Boleslavovich boshchiligidagi delegatsiya yurtimizdagi ishlab chiqarish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, investitsion loyihalar bilan tanishish, soha vakillari bilan muloqot qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi va Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurdi.
Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” tomonidan hududda joylashgan korxonalarga xalqaro standartlarni joriy qilish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sinash va sertifikatlashtirish masalalarida amaliy yordam berib kelmoqda.
Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” va tegishli mutaxassislar tarkibidan iborat ishchi guruh tomonidan joylarda o‘rganishlar o‘tkazib, sohaga oid muammolari aniqlangan taqdirda, bartaraf etishda amaliy ko‘mak berib kelinmoqda.