Yangiliklar



Mamlakatimizda ishlab chiqaruvchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Standartlar Instituti va “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash” bo‘yicha Rossiya ilmiy-texnika axborot markazi Federal davlat unitar korxonasi bilan standartlashtirish bo‘yicha rasmiy xujjatlarni tarqatish huquqini berish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi.
 

Ayni kunlarda “O‘zstandart” agentligi hamda uning tizim tashkilotlari Turkmaniston Respublikasining “Turkmenstandartlarы” Bosh Davlat xizmati delegatsiyasiga mezbon bo‘lib turibdi.

Tadbirkorlik sub'ektlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida "O’zstandart" agentligi tomonidan standartlashtirish bo’yicha me'yoriy hujjatlar loyihalarini ekspertiza qilish bo’yicha yangi interaktiv xizmat joriy etildi.

Avval xabar berganimizdek, Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tijorat standartlari bo‘yicha navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 19-22 iyun kunlari Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi Bosh Assambleyasining (APAC) 2019-yildagi birinchi majlisi Singapur Respublikasida bo‘lib o‘tdi.

Shvetsariya davlatining Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tijorat standartlari bo‘yicha navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

“O‘zstandart” agentligi hamda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) hamkorligida “ISO standartlaridan foydalanish va ularni ishlab chiqarishda tadbiq etish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida xalqaro seminar o‘z ishini yakunladi.

Byuro – tadbirkorga madadkor

Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” tomonidan ishlab chiqarish korxonalarga xalqaro standartlarni keng joriy qilish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sinov va sertifikatlashtirish masalalarida yaqindan yordam berib kelmoqda.

Iste'molchilar manfaati muhim

Barchamiz iste'molchimiz. Savdo rastalari yoki bozorlardan o’zimiz va oilamiz uchun xavfsiz va sifati kafolatlangan mahsulot xarid qilishni xohlaymiz.

Andijon viloyati hokimligi va Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida Belorus davlatidan tashrif buyurgan “Texmash” korxonasi rahbari P.Sirkunov hamda Grodna davlat agrar universiteti professori A.Autkolar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi.

Poytaxtimizda “O‘zstandart” agentligi va ISO tashkiloti hamkorligida ISO standartlaridan foydalanish, ularni tarqatish va marketing strategiyasi bo‘yicha xalqaro trening seminar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 martdagi “Muvofiqlikni baholash idoralarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3643-son qarori bilan tashkil etilgan “Akkreditatsiya markazi” manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda “Sinov natijalarini halqaro darajada tan olinishida Akkreditatsiyaning o‘rni” mavzusida seminar tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 30 maydagi 4348-sonli “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori tasdiqlandi.

Ma’naviyatga e’tibor

Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 3 maydagi “O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-4307 Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyat hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrda qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy markazlari tomonidan bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Namangan viloyati tarixidagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tadbir – “Doing Business with Namangan – 2019” Xalqaro investitsion forumi bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon akkreditatsiya kuni – xalqaro va milliy standartlar asosida sinov laboratoriyalari, metrologik xizmatlar, sertifikatlashtirish idoralarini akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi idoralar xodimlarning xalqaro kasbiy bayrami.

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-xuquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining xuquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yunaltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Biz har kuni iste’molchi sifatida bozorlar yoxud savdo majmualaridan biror bir mahsulot xarid qilamiz. Shubhasiz, sotib olgan mahsulotimiz o‘zimiz va oilamiz uchun sifati kafolatlangan va xavfsiz bo‘lishi lozim.