Joriy yilning 13 noyabr kuni Qozog‘iston davlatining Chimkent shahrida Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashining 56-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 13 noyabr kuni Qozog‘iston davlatining Chimkent shahrida Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashining 56-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zstandart” agentligining bir guruh yosh mutaxassislari “Bir makon-bir yo‘l” loyihasiga ko‘ra Xitoy Xalk Respublikasining Changjou shahrida “Respublikamiz uchun standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik istiqbollari” mavzusida o‘tkazilayotgan seminarda faol ishtirok etmoqdalar.
Joriy yilning 4-8 noyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida Standartlashtirish bo‘yicha mintaqalararo Uyushmasi (MAS), Strategiya va biznesni rivojlantirish kengashining 5-yig‘ilishi va “Xalol sertifikatlashtirish, ISO/MEK 17025 standarti” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tadbirda 30 dan ortiq davlatlarning standartlashtirish, muvofiqlikni baxolash va akkreditatsiya soxasidagi ekspertlari ishtirok etdi.
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departamentda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari saylovlarida ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi va fuqarolik burchidir” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini departament rahbari Z.G‘ulomov ochib, dastlab saylovlarda ilk bor ishtirok etayotgan xodimlarni tabrikladi va ushbu saylovlar mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, shu bois unda har bir O‘zbekistonlik yuksak mas’uliyat va daxldorlik his qilgan holda ishtirok etishi lozimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Joriy yilning 12-14 noyabr kunlari Shvetsariya davlatining Jeneva shaxrida Avtotransport qoidalarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha Butunjahon forumining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Butun jahon sifat kuni har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida noyabr oyining ikkinchi payshanba kuni nishonlanib kelinadi. Bu yilgisi 2019 yil 14-noyabrga to‘g‘ri keldi. Ushbu bayram dunyoda birinchi marta 1989 yil 9-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ko‘magida Yevropa Sifat Tashkiloti (YeST) tashabbusi bilan nishonlangan.
Joriy yilning 12-15 noyabr kunlari Jeneva shahrida Jahon Savdo Tashkilotining “Savdodagi texnik to‘siqlar (JST STT) to‘g‘risidagi bitimi” bo‘yicha chuqurlashtirilgan kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Agentlik tizimidagi Departament mutaxassislari mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan ishlab chiqarish korxonalarda bo‘lib, sohaga oid uchrayotgan muammolar va murojaatlar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.
O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi yangi bosqichlarda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, milliy mahsulotlarimizning sinovlarini takomillashtirish, xalqaro standartlarni keng joriy qilish va hamkorlik asosida zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish yo‘nalishlarida maqsadli loyihalar ustida ish olib borilmoqda.
Qonunchilik palatasining 2019 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Standartlar instituti va Germaniyaning ALPHA Consulting GmbH tashkiloti o‘rtasida o'zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Standartlar institutida Germaniyaning ALPHA Consulting GmbH tashkiloti bilan hamkorlikda Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida "Mashinasozlik sohasida standartlashtirish, sifat va xavfsizlikni ta’minlash" ixtisosligi mavzucida xalqaro o‘quv kursi tashkillashtirildi.
Dunyoning 39 ta davlatlaridan 100 tadan ortiq mutaxassislari ishtirok etgan Milliy standartlashtirish tashkilotlarining xalqaro tadbirida SMIIC 2016-2020 rivojlanish strategiyasi, Halol muvofiqlik tizimi va xizmatlari, standartlashtirish sohasidagi rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlovchi muhim masalalari, iqtisodiyotning yuqori texnologik doiralarida standartlashtirishni rivojlantirish, standartlashtirishda davlat ishtiroki, davlatlararo hamkorlik, standartlashtirish sohasida IT-texnologiyalarining zamonaviy vosita sifatida qo‘llanishiga oid masalalar o‘zaro muhokama qilindi.
“VENTE TRADE” CO.LTD korxonasi (Tailand davlati) tomonidan ishlab chiqarilgan, yengil siropda konservalangan “Marinelle” xalqa shaklidagi ananas mahsulotini muvofiqligini baholash jarayonida quruq moddalar miqdori ko‘rsatgichi bo‘yicha GOST 33443-2015 “Konservы. Fruktы v sirope. Obщiye texnicheskiye usloviya” davlatlararo standarti talablariga nomuvofiqligi aniqlandi.
Pekinda (Xitoy Xalq Respublikasi) O‘zbekiston milliy metrologiya instituti delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Milliy metrologiya instituti bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
«O‘zstandart» agentligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 05-1073 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti O’z DSt 3413:2019 Qishloq xo‘jaligiga oid ishlab chiqarishni integratsiyalashgan boshqarish tizimi (GLOBAL G.A.P.) standarti qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Rasulov Raufjon G‘ofurovich “O‘zstandart” agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Bosh direktorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
“O‘zstandart” agentligi va uning tizim tashkilotlarida joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – saylovlar yuzasidan “Saylov qonunchiligi targ‘ibot tadbiri” tashkil etilmoqda.
Muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya sohasida Koreya Respublikasi bilan xamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatlar o‘rtasida texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida “Akkreditatsiya markazi” DUK bilan Koreya akkreditatsiya kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv Memorandumi joriy yilning 27 oktyabr kuni Germaniyaning Frankurt-na-Mayn shahrida imzolandi.
Germaniyaning Frankfurt shahrida Halqaro Akkreditatsiya forumi (IAF) va Halqaro Laboratoriyalarni akkrediattsiyalash tashkilotlari bosh assambleyasining har yili o‘tkaziladigan qo‘shma uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.