Pandemiya davrida COVID-19 infeksiyasini aniqlashda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot laboratoriyalaridagi test tahlilini o‘tkazishda foydalaniladigan o‘lchash vositalari, jumladan, pipetka dozatorlari (kichik sig‘imdagi suyuqlik o‘lchagichlari), quritish shkaflari va termostatlarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash aholi o‘rtasida Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishda hamda kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlashda muhim o‘rin tutadi.