Yangiliklar



Prezidentimiz mamlakatda olib borilayotgan ulkan qurilishlarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida zamonaviy, tejamkor va arzon qurilish materiali boʻlgan gazobeton ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning faoliyatlariga koʻmaklashish zarurligini taʼkidlagan edi.

“Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida TÜV AUSTRIA TURK idorasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Germaniyada importni ragʻbatlantirish dasturi (Import Promotion Desk (IPD)) boʻyicha Oʻzbekistonda tabiiy mahsulotlar, jumladan quritilgan mevalar, oʻsimliklar, ziravorlar, urugʻ va boshqa mahsulotlar savdosini amalga oshirish boʻyicha virtual uchrashuvi orqali suhbat qilindi.

Bugun “Oʻzstandart” agentligi va “OʻzTest” markazi hamkorligida  “Hududlarda xalqaro GLOBAL G.A.P standartini joriy etishning afzalliklari” mavzusida GLOBAL G.A.P standarti boʻyicha ekspert Aktam Azizov ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

MUVOFIQLIKNI BAHOLASH MUHIM MEZON

Milliy sertifikatlashtirish tizimida joriy yilning oʻtgan davrida 26323 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi.

“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori D. Sattarov aytishicha, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash maqsadida hududlarda joriy yilda 24 ta gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda xodimlar ish samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati xodimlari uchun kompyuter savodxonligi boʻyicha onlayn oʻquv kursi boʻlib oʻtmoqda.

Hozirgi kunda texnik reglamentlar soni 53 tani tashkil etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar YEOII da qabul qilingan hamda Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlmagan 26 ta texnik reglamentlarni qabul qilishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan 11 ta texnik reglamentni YEOII da oʻxshash texnik reglamentlar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan tizimga malakali va eng munosib kadrlarni ochiq mustaqil tanlov orqali tanlab olish borasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

 “Oʻzstandart” agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi va Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi   hamkorligida Niderlandiyaning NH Logistic  kompaniyasi bosh ijrochi direktori Teodorus Shreurs  va ushbu kompaniyaning Toshkentdagi vakolatxonasi Biznesni rivojlantirish boʻyicha menedjeri Lobar Mirsagatova bilan uchrashuv oʻtkazildi.

“Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston davlatidagi elchixonasi hamkorligida Hindiston Standartlar Byurosi (BIS) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

  “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament hamda Standartlar instituti tomonidan «Gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqarishda standartlarni joriy qilish, tayyor mahsulotni sertifikatlashtirish va sinovlarini tashkil qilish» mavzusida, qurilish uchun moʻljallangan gazoblok (gazobeton) ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan mahsulotlarining sifatli va mustahkam ishlab chiqarish uchun standart talablari, xalqaro meʼyorlar, sinovlarni oʻtkazish hamda sertifikatlashtirish masalalari yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi.

Joriy yilning oʻtgan davrida 344 ta standartlar qabul qilindi va meʼyoriy hujjatlarning davlat fondidagi standartlar soni 30332 taga yetkazilib, xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilgan standartlar soni 15202 tani tashkil qilmoqda.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Samarqand viloyati Urgut va Samarqand tumanlarida mahalliy uzum yetishtirayotgan korxona va fermer xoʻjaliklari uchun “Global GAP” standarti talablari boʻyicha seminar tashkil etildi.

HURMATLI ISTEʼMOLCHILAR!

“Oʻzstandart” agentligi, Siz va farzandlaringiz salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiradigan sifatsiz mahsulotlarni sotib olishda ehtiyot boʻlishingizni soʻraydi.

Mahsulot kimyoviy jiddiy tahdidli hisoblanadi

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Samarqand filiali tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda “Samarqand” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida mahalliy mahsulotlarni eksport qiluvchi va import mahsulotlarni olib keluvchi tadbirkorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.