Yangiliklar



Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Fargʻona viloyati hududiy filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlab “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida Fargʻona shahridagi 67 metrlik davlat bayrogʻi oʻrnatilgan Islom Karimov xiyobonida boʻldilar. 

Sifat haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar Qoʻqon shahrida joylashgan “Quantity class” un va un mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida oʻz ishini davom ettirdi.

Toʻqimachilik va yengil sanoat institutida Butunjahon sifat kuniga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Qarshi shahrida tashkil etilgan "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi"da Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Bugun – Butunjahon sifat kuni

Butunjahon sifat kuni - noyabrning har ikkinchi payshanba kuni dunyoning koʻplab mamlakatlarida har yili nishonlanadigan tadbirdir. 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Fargʻona viloyatida sifat infratuzilmasini jamoatchilikka keng joriy qilish maqsadida “Sifat haftaligi” tadbiri boshlandi.

Joriy yilning 8-12-noyabr kunlari BMTTDning “Savdoni rivojlantirish” loyihasi (UNDP)tomonidan “Hilfswerk International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Quritilgan meva va sabzavotlar uchun sifat standartlari asosida sifatni boshqarish tizimlari va eksportgacha tekshirish xizmatlarini rivojlantirish” boʻyicha mintaqaviy treningi boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4887-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar “Oziq-ovqat sifat haftaligi” tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi mediya-turda jurnalistlar Xorazm filialining Jahon banki mablagʻlari hisobidan modernizatsiya qilingan, eng soʻnggi va zamonaviy sinov laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. Uskunalarning aniqlik koʻrsatkichi, vaqtning tejalishi va uning keng imkoniyatlari eʼtibor markazida boʻldi.

     Qozogʻiston davlatidan bugʻdoyni toʻgʻridan-toʻgʻri import qilish orqali un mahsulotlari ishlab chiqarib, isteʼmolchilarga sifatli mahsulot yetkazib berib kelayotgan Xoʻjayli tumanidagi “United Kapital” xususiy korxonasi “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega. Hozirgi vaqtda ushbu korxona Turkiya davlatidan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat olib boradi.

    Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax filiali masʼullari “Mega invest industrial” korxonasida boʻlib, xalqaro standartlarni joriy etilishining ahamiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

            TÜRKAK  xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan joriy yilning 3-4-noyabr kunlari “UzTest” markazi  Samarqand filialining sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idorasida qayta akkreditatsiyadan oʻtish ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ishbilarmon va tadbirkorlar uchun yaratilgan “E-METROLOGIYA” axborot tizimi ishlamoqda. Tizim orqali barcha turdagi ariza va murojaatlar onlayn tarzda qabul qilinib qisqa muddatda elektron shartnoma tuzish imkoniyatidan foydalanilmoqda.

 Bugungi kunda, mamlakatimizda yirik tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarish korxonalari jadallik bilan rivojlanib, ilmiy-innovatsion yutuqlardan foydalangan holda yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.

  Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Bekobod filiallari hamkorligida hududda joylashgan “TNA AGROINVEST” korxonasida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.

Hamkorlik muzokaralari davom etmoqda

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Standartlar instituti va “UzTest” markazi masʼullari Turkiya davlatida muzokaralar olib bormoqda.

     Maʼnaviyatimiz va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib qilishda muzeylarimiz alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat qayta taʼmirdan chiqarilgan “Chirchiq tarixiy” muzeyiga Chirchiq filiali jamoasi tomonidan sayogʻat uyushtirildi. Asosiy maqsad, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bahonasida xodimlarni Chirchiq shahar tarixi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat boʻldi.

Korrupsiya – jamiyat kushandasi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Kadrlar boʻlimi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi, “UzTest” markazi korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati bilan hamkorlikda Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari prokuraturasining masʼul xodimlari ishtirokida“Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy profilaktika tadbirlari tashkil etildi. 

 Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida Respublikamizda gender tenglikka erishish strategiyasining 2021-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks Chora-tadbiriga asosan, “Oʻzbekistonning milliy gender strategiyasi: amalga oshirish mexanizmlari va istiqbollari” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hududiy boʻlinmalarida ishlab chiqaruvchilarga metrologik xizmat turlarini koʻpaytirish va uni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda.