Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston bilan hamkorlik masalalari boʻyicha direktori Fransua Bejo, OESR tashkilotining YevroOsiyo mamlakatlari boʻlimi iqtisodchi va iqtisodchi analitigi Ameliya Shurix-Rey, Polsha, Moldaviya davlatlari ekspertlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar, hamda eksportyor korxonalar vakillari ishtirokida "Eksportni ragʻbatlantirish siyosatini takomillashtirish orqali kichik va oʻrta biznesni xalqaro bozorga chiqarish " mavzusida vebinar boʻlib oʻtdi.