Yangiliklar



Agentlikning Buxoro viloyati hududiy filiallari va Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan viloyatning shahar va tumanlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillari, tadbirkorlar uchun xalqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik toʻsiqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan eksportchi korxonalar uchun seminar treninglar tashkil etildi.

Agentlik huzuridagi "UzTest" markazi Buxoro filiali hamda Buxoro bojxona boshqarmasi hamkorligida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va eksport hajmini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlash, import talablariga binoan nazoratni kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berish hamda mavjud sinov va kalibrlash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish yoʻnalishlarida ham keng koʻlamli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali mutaxassislari Qibray tumanidagi investitsiya loyihalari asosida ishga tushirilishi rejalashtirilgan “SUPER ROLL” MCHJ,  “TASS PRANAVERA” va “ROSTOK-N” ishlab chiqarish korxonalarida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi. Korxonalarda olib borilayotgan qurilish tamirlash ishlari, asbob-uskunalarini oʻrnatish jarayonlari va mavjud muammolar oʻrganildi.

Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi Yunusobod tumani va Toshkent shahar hokimligi eksport shtabi aʼzolari bilan hamkorlikda tumanda eksport faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarning takliflarini oʻrganish, ularning muammolarini tizimli bartaraf etish boʻyicha oʻrganishlar olib borilmoqda.

 Agentlik tizimidani Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Jizzax filiali fizik-kimyo sinov laboratoriyasida Jizzax Politexnika instituti bilan hamkorlikda magistratura bitiruvchilari nazariy olingan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida navbatdagi oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Joriy yilning 15-17-fevral kunlari Buxoro viloyatining shahar va tumanlar hokimliklarida Texnik jihatdan tartibga solish Agentligi huzuridagi Oʻzbekiston Standartlar instituti tomonidan korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik toʻsiqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan eksportchi korxonalar va tadbirkorlik subyektlari bilan seminar treninglar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan Toshkent shahri hokimligi huzuridagi “Eksport shtabi” bilan hamkorlikda mahalliy eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

      Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida boʻlib, zamonaviy laboratoriyalar, etalonlar bazasi hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, institut rahbarlari va ilmiy xodimlari bilan suhbatlashdi.

Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO)ning  Yevropa va Oʻrta Osiyo mamlakatlari boʻyicha  koordinatori  Mariya Shabalina bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Qoraoʻzak tumanida faoliyat yuritayotgan "PANAEV FARMS” fermer xoʻjaligi tomonidan yirik shoxli qoramollarning sut beradigan zotlarini koʻpaytirish maqsadida “Sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun gidroponik yashil ozuqa innovatsion ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha qiymati 2,35 mlrd.soʻmni tashkil etadi.

Agentlik huzuridagi departament, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nozarati markazi, va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari maʼsullari viloyatdagi “Samarqand Apparel”korxonasida boʻlib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Jizzax filiali viloyat axborot  kutubxonasi markazi bilan xamkorlikda oʻtkazilgan adabiy-badiiy uchrashuv Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlandi.

Turk Standartlari Instituti (TSE) bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solishda davlat nazorati mexanizmlari boʻyicha onlayn uchrashuv tashkil etildi.

ADOLATLI SHOH VA BUYUK SHOIR

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Davlat nazorati departamenti Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali tashabbusi bilan o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Nukus shahrida joylashgan 7261-sonli Harbiy qismda manaviy uchrashuv tashkil etildi.

Buyuk siymolarga ehtirom koʻrsatildi

OʻzTTSA tizim tashkilotlari Buxoro viloyati hududiy filiallari hamkorligida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi hamda benazir shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 7-10-fevral kunlari “Milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlarni qoʻllab quvvatlash” loyihasi doirasida  Germaniya Federativ Respublikasining Federal fizika-texnika instituti (PTB), Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamkorligida ISO 37001:2016 standarti boʻyicha  onlayn oʻquv-seminar tashkil qilindi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori Dilshod Sattarov va Qozogʻiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya qoʻmitasi raisi Abenov Arman Dauletovich oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

OʻzTTSA huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boʼlimi xodimlari tomonidan Xatirchi tumanida faoliyatini boshlash arafasida turgan “Prom Servis Umid” xususiy korxonasiga ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan me’yoriy hujjatlarni olishda, o`lchash vositalarini qiyoslash ko`rigidan o`tkazishda va xalqaro standartlarni joriy qilishda amaliy yordam ko`rsatildi.

Butun turk dunyosi “shams ul-millat” — millat quyoshi deb hamma davrlarda eʼzoz bilan tilga olgan Alisher Navoiy tavallud topgan kuni OʻzTTSA tizim tashkilotlarining Bekobod filiallari jamoasida “Mir Alisher Navoiy – buyuk mutafakkir shoir va davlat arbobi” mavzusida tadbir uyushtirildi. 

“UzTest markazining Qoraqalpogʻiston filiali xodimlari eksportyor korxonalar faoliyati bilan tanishish, sohamizga doir masalalarda amaliy yordam berish maqsadida Ellikqalʼa tumanida joylashgan ”BOʻSTON CLUSTER" korxonasida boʻldilar.