Yangiliklar



Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax viloyati hududiy filiali masʼullari tomonidan viloyatidagi eksportyor korxonalarga xalqaro standartlarni olish va keng joriy etish yuzasidan targʻibot va tashviqot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

2021-yilning noyabr oyida Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish hamkorligi (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) tashkilotlari tomonidan 2022-yil “9-iyun - Butunjahon akkreditatsiya kuni” munosabati bilan (#WAD2022) rassom hamda dizaynerlar oʻrtasida plakatlar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Agentlik tizimidagi  Oʻzbekiston ilmiy-sinov markazida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan  monitoring oʻtkazildi.

Inson qadriga eʼtibor

Oʻzbekistonda 2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilindi. Inson qadrini ulugʻlash - yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi boʻlgan ovul va makon yigʻinlari, mahallalar hal qiluvchi oʻrin tutadi.

Jizzax viloyatida oʻtkazilgan "Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va talabalar bandligini taʼminlash mehnat yarmarkasi"da "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasi Jizzax filiali masʼullari ishtirok etdi.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼullari Guliston Davlat Universiteti rahbariyati, professor va oʻqituvchilari uchrashdi.

Soʻnggi  yillarda  barcha sohalar qatori  taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan  islohotlar, eng avvalo  zamon talablariga  mos malakali  kadrlarni  tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlari  va ijtimoiy  sohada raqobatbardosh  mutaxassislarni  yetkazib berish, bu orqali iqtisodiy taraqqiyot  va  ijtimoiy farovonlikni taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Ommaviy axborot vositalarida xabar berilganidek, 2022−2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yoʻnalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. 2022-yilda strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln soʻm va 11,7 mlrd dollar ajratiladi.

Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish departamenti direktori Alise Balode va Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Reynis Troksha boshchiligidagi delegatsiya Texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻldi.

Mamlakatimizda eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish doimiy eʼtiborida.

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Tizimda davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi va sertifikatlash sohasida korrupsiyani oldini olish borasidagi ishlari" mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Tadbirkor elga madadkor

      Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “Uztest” markazi Chirchiq filiali mutaxassislari Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “ORZU TEKSTIL”, “TEKSTIL TEXNOLOGIK GRUP”, “YENERGO SISTEM” eksportyor korxonalarida boʻlib profilaktika tadbirlari oʻtkazdilar.

Prezidentimiz tomonidan tuman markazlari hamda aholi yashash manzillarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasiga asosan

Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat,  qurilish, tibbiyot mahsulotlarini  bilan anʼanaviy chet el bozorlaridan tashqari Yevropa, Osiyo va Arab davlatlarida ham oʻz nufuzini mustahkamlashga intilayotgan yangi Oʻzbekistonda bu masalada sezilarli natijalarga erishilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26-fevraldagi PQ-143-son “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarordagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida
Tashki savdo va investitsiyalar vazirligi, Texnik jixatdan tartibga solish agentligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi va Turk standartlari instituti hamkorligida “ZOOM” platformasi orqali vebinar tashkil etildi.

Halqaro Elektrotexnika Komissiyasining (IEC) joriy yil 29-martdagi tegishli  qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi IEC xalqaro tashkilotiga 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab assotsialashgan aʼzo sifatida qabul qilindi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari Xorazm filiallari xodimlari turkiyalik investorlar tomonidan tashkil qilingan Urganch tumanida joylashgan “Bene fruits” MCHJga qarashli “In vitro” laboratoriyasida boʻldi va ish faoliyati bilan tanishdi.

Agentlik va Xorazm viloyat hududiy filiallar xodimlari hamda jurnalistlar ishtirokida “Taraqqiyot strategiyasi – Yangi Oʻzbekiston tarixida yangi sahifa” mavzusida marifiy tadbirda maʼnaviy maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritish va lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtish, yil nomidan kelib chiqib amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktor maslaxatchilari Agentlik tizim tashkilotlarining Xorazm filiallari hamkorligida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” munosabati bilan Urganchda joylashgan “Bobur” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldilar.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, hamda “Uztest” markazi Chirchiq filiali mutaxassislari Chirchiq shahrida joylashgan “A.B. BIOKOM” “PRIMA TEKSTIL”, “EKSPO KLAYEN” eksportyor korxonalarida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari va mavjud muaʼmmolarni oʻrgandilar.