Yangiliklar



 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengashi ning masʼul kotibi ChERNYAK Vladimir Nikolayevich bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

          Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali va “UzTest” markazi hududiy filiali hamkorligida toʻqimachilik va yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi korxonalari masʼullari va tadbirkorlar taklif etilib, ularga xalqaro standartlarni joriy etilishi, afzalliklari, mahsulot eksport qilinishida standart va meʼyorlarning zarurligi haqida tushuncha berildi.  

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi tashkilotlarning Samarqand viloyat filiallari tashabbusi bilan Innovatsiya vazirligining viloyat boshqarmasi hamkorligida Samarqand shahridagi Yoshlar texnoparkida xalqaro standartlarni oʻrgatish boʻyicha markazlashtirilgan oʻquv kursi tashkil etildi.

Xalqaro ekspertlar jalb qilindi.

       Buxoroda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida xalqaro standartlarni oʻrgatish boʻyicha xalqaro ekspert jalb etildi.

Xalqaro ekspertlar jalb qilindi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi tashkilotlarning Jizzax viloyati filiallari tomonidan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, xalqaro standartlarga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi. 

Agentlikning Samarqand viloyati hududiy tizim-tashkilotlari boʻlinmalari tomonidan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Urgut tumanida xalqaro standartlarni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kursi tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi Navoiy viloyati hududiy filiallari hamkorligida tekistil sohasi boʻyicha OEKO-TEX standartini korxonalarga joriy qilish boʻyicha xalqaro ekspertlar ishtirokida seminari oʻtkazildi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlari Qoraqalpogʻiston filiallari tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda hududdagi tadbirkorlik subyektlari va mahalliy eksportyor korxonalar vakillariga xalqaro standartlarni oʻrgatish boʻyicha markazlashtirilgan oʻquv kursi tashkil etildi.

OʻzTTSA va tizim-tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish va lotin alifbosiga oʻtish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Namangan viloyati hududiy filiallarda monitoring oʻtkazildi.  

Agentlik tizimidagi Davlat nazorati departamenti, “Uz Test” Fargʻona viloyati filiali mutaxassislari tomonidan investitsiya va tashqi savdo vazirligi, viloyat boshqarmasi hamkorligida ofis loyihasi oʻquv xonasida sanoat kooperatsiyasini rivojlanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 19 ta shahar va tumanlar hokimlarining investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boʻyicha hokim oʻrinbosarlari, viloyatdagi eksportyor korxona rahbarlari uchun oʻquv seminari oʻtkazildi.

  Muhammad Yusuf ona diyor va istiqlol kuychisi. Shoirning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, xalqimiz maʼnaviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida oʻzlikni anglash, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini, ezgu fazilatlarni kamol toptirish borasidagi xizmatlari, yorqin isteʼdodi, betakror badiiy asarlari, ibrat maktabi desak aslo adashmaymiz.

Soʻngi yillarda Turkiya davlatining Turk standartlari instituti (TSE) bilan standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlik koʻlami kengayib, ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga koʻtarildi. 

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Departamentning hududiy filiallari tashabbusi bilan, sanoat kooperatsiyasini rivojlanish va ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Agentlik huzuridagi tashkilotlarning Navoiy viloyat filiallari tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 272 ta tadbirkorlik subyektlarida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun buzilishi oldini olish boʻyicha oʻrganish ishlari amalga oshirildi.

Agentlik va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filiallari tomonidan joylarda ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar ishtirokida xalqaro standart va meʼyorlarni oʻrgatish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Mamlakatimizda eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish doimiy eʼtiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Agentlik tizim tashkilotlarining hududiy filiallari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi viloyat boʻlimlari bilan  hamkorlikda  Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan  “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Hayot davomida oʻqish”  loyihasi doirasida  seminar trening  tashkil etildi. 

OʻzTTSA huzuridagi Oʻzbekiston standartlar instituti Oʻzbekiston milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston standartlar institutining korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi olib borilayotgan izchil islohotlar va amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi  matbuot anjumani oʻz ishini boshladi. 

 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tizimidagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligidan 8 nafar malakali xodimlar viloyatlardagi tumanlarga hokim yordamchilari sifatida biriktirilib, oʻz faoliyatlarini samarali boshladilar. 

Joriy yilning 17-18-aprel kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturining “Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga qoʻmaklashish” loyihasi va “Hilfswerk International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorligida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlar eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha