Yagona portalda “Oʻzstandart” Agentligining oʻlchashlarni bajarish uslubiyatini attestatlash va uni Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun elektron ariza taqdim etish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.
Yagona portalda “Oʻzstandart” Agentligining oʻlchashlarni bajarish uslubiyatini attestatlash va uni Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun elektron ariza taqdim etish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.
Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish va mahsulotlarni standartashtirish masalalari Kompleksi tarkibidagi idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining 2015 yil 2-yarim yillik uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul rejasiga asosan, “O‘zstandart” agentligi rahbariyatining mazkur masallar yuzasidan sayyor qabuli davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qarori bilan “Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz yoki dizel va gaz yoqilg‘isi aralashmasi bilan ishlaydigan transport vositalari xavfsizligi umumiy texnika reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Ushbu texnik reglament rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Yagona portalda “Oʻzstandart” Agentligining standart namunalarni attestatlash va oʻlchash vositalari Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish uchun elektron ariza taqdim etish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.
"O'zstandart" agentligi tomonidan "Elektron Hukumat" tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali Standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlarni ekspertizadan o'tkazish uchun ariza taqdim etish iteraktiv xizmat turi joriy etildi.
"O'zstandart" agentligi 2015 yil 1 avgustidan O‘z DSt 8.029:2014 "O'zbekiston Respublikasining o'lchashlar birligini ta'minlash tizimi. O'lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar" davlat standarti amalga kiritilganligini ma'lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 319-sonli qarori bilan “Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Ushbu texnik reglament rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran olti oy o‘tgach amalga kiritiladi.
2015 yilning 1-6 noya.brlarida "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va Bosh rivojlantirish rejasini ishlab chiqish yo‘li bilan "O‘zstandart" agentligi imkoniyatlarini oshirish" loyihasini amalga oshirish bo'yicha Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti mas'ullari "O'zstandart" agentligiga tashrif buyurishdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli "Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida O’zDSt 3017:2015 "Maishiy va boshqa energiya sarflaydigan qurilmalarning energetik samaradorligi va ularni tamg‘alash" O'zbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli "Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida "O'zstandart" agentligi tomonida me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.
2015 yil 29 oktyabrda soat 10:00 da "O'zstandart" agentligining katta majlislar zalida “Idoraviy norma ijodkorligi sohasidagi yangiliklar” mavzusida seminar bo'lib o'tadi.
Joriy yilning 26 oktyabridan "O'zekspomarkaz" OAJ ko'rgazmali maydonchalarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasi bo'lib o'tmoqda.
2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida 2015 yil 19 oktyabrda 298-sonli qarori qabul qilindi.
Tashkilotning 2015 yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha 2015 yil 21 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining barcha tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yilda 292-sonli «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi
Xalqaro standartlar kuni bilan respublikamizda faoliyat yurituvchi barcha standartlashtirish bo'yicha mutaxassislarni tabriklaymiz!
2015 yilning 30 sentyabrdan 1 oktyabrgacha davrda Moldova Respublikasining Kishinev shahridagi Standartlashtirish milliy institutida MDH mamlakatlari qatnashchilarining Halqaro standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashining “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni tasdiqlash sohasida informatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Ishchi guruxning 33-chi va Standartlashtirish ilmiy-texnik komissiyasining 50-chi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
“O’zstandart” agentligi tomonidan 2015 yildan boshlab Davlat reestriga kiritilgan akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini qidiruv bo’yicha interaktiv xizmati joriy etildi.
Ishlatuvchilar sertifikatni blank raqami yoki ro’yxat raqami, berilgan muddati, STIR yoki arizachining nomi, mahsulot nomi, sertifikatni bergan sertifikatlashtirish idorasining nomi orqali topishlari mumkin.
Xar bir ishlatuvchi 2015 yilda berilgan muvofiqlik sertifikatini Davlat reestridan o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotni tekshirib ko’rishi mumkin. Ushbu xizmat 2015 yilning yanvar oyida sertifikatlashtirish ishlarini hisobga olish bo’yicha axborotlashtirish tizimini joriy etilganidan keyin tadbiq etildi.
Mazkur xizmat havola yordamida ishlatilishi mumkin.
Xizmat test tartibida ishlaydi.