Yangiliklar



Joriy yilning 10 iyun kuni ”O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda qonunchilikning ahamiyati va o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi” 80-sonli qarorini bajarish maqsadida vakolatli idoralar bilan birgalikda “O‘zstandart” agentligi tomonidan tahlil o‘tkazildi va ko‘rsatilgan umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan so‘ng ixtiyoriy qo‘llash tusiga ega bo‘ladigan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar ro‘yxati tayyorlandi. 

9 iyunda Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (International Accreditation Forum, IAF) bosh assambleyasi va laboratoriyalarni akkreditatsiyalash bo‘yicha xalqaro xamkorlik (International Laboratory Accreditation Cooperation, ILAC) tomonidan tashkil etilgan Butun jaxon akkreditatsiya kuni nishonlanadi.

“O‘zstandart” agentligining 31.05.2016 yildagi 05-763 sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O’z DSt 16.11:2016 “Muvofiqlikni baholash. Turli xildagi inspeksiya o‘tkazuvchi idoralarini ishlashiga talablar” qabul qilindi. 

Bayovutda sayyor qabul

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, navbatdagi sayyor qabul Sirdaryo viloyatining Bayovut tumanida tashkil etildi.

 

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.  идентининг қарори эълон қилинди. 

 

“O‘zstandart” agentligining bir guruh mutaxassislari “O‘zagroeksport” Aksiyadorlik jamiyati Maxsuslashgan Tashqi Savdo Kompaniyalari hamkoligida tashkil etilgan “Eksport qilinuvchi meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yilgan xalqaro standart talablari va ularni sertifikatlashtirish masalasi” mavzusidagi amaliy seminarda ishtirok etdilar. 

E’tiborli tomoni shundaki, “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan yillar davomida Respublikamiz korxonalarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Joriy yilning 30 may kuni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2016 yil 23 maydan 27 maygacha Minsk shahrida (Belarus Respublikasi)Belarus Respublikasining Standartlashtirish davlat qo‘mitasining Belarus davlat metrologiya instituti bazasida metrologiya bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiyaning 43-chi yig‘ilishi, nazariy metrologiya bo‘yicha Ishchi guruhning 16-chi yig‘ilishi hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashning (MGS) sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘lchashlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Ishchi guruhning 2-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 31 may kuni “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan “Maishiy elektrpriborlarini energiya samaradorligini aniqlash va tamg‘alashning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

“O‘zstandart” agentligi “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasining sinov bazasini rivojlantirish reja-dasturiga muvofiq, Kalibrlovchi laboratoriyalar majmuasiga KNS-10.2 turidagi Svetofiltrlar to‘plami xarid qilindi.

Joriy yilning 27 may kuni “O‘zstandart” agentligi tomonidan agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yagona amaliyotni shakllantirishni tushuntirish yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 12 aprel sanasida “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2520-sonli Qarori qabul qilindi. 

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

Qog‘oz va karton mahsulotlarni ishlab chiqarish soxasida 10 ta Davlat standartlarining amal qilish muddati uzaytirildi.

Milliy akkreditatsiya organining qaroriga asosan Davlat reyestriga yangi xodimlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha yangi organ kiritildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

2016 yil 16 may O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2016 yildagi 326-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida” umumiy texnik reglament amalga kiritildi. 

2016 yilning 18-20 may kunlari OAJ MKK “O‘zekspomarkaz”ning ko‘rgazma maydonchalarida “O‘zbekiston Neft va Gazi – OGU 2016” 20-xalqaro yubiley ko‘rgazma va konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

20 may kuni Milliy matbuot markazida “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning faoliyatlariga noqonuniy aralashuvlarni oldini olish hamda ularning faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishda “O‘zstandart” agentligining o‘rni va ahamiyati” mavzusida jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Umumjahon metrologiya kuni

20 mayda dunyo xamjamiyati Umumjahon metrologiya kunini nishonlaydi.