Yangiliklar



“O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” davlat korxonasi 2016 yilning 25 avgustidan metrologik xizmatlar uchun Toshkent sh. xokimiyatining Moliya apparati boshqarmasi tomonidan ro‘yxatga olingan, yangi deklaratsiya qilingan narxlar kiritilayotganini ma’lum qiladi

“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 18 iyuldagi 05-777 sonli qarori bilan alkogol mahsulotlari sohasida yangi Davlat standartlari joriy etildi

Hozirgi kunda Respublikamiz miqyosida mustaqilligimizning 25 yilligini munosib kutib olishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Barcha idora va tashkilotlarda bo‘lgani kabi ”O‘zstandart” agentligida ham bayramga munosib sovg‘alar hozirlanmoqda.

Joriy yilning 5 avgust kuni “O‘zstandart” agentligi bosh binosining katta majlislar zalida “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining barcha mutaxassis hodimlari uchun kengaytirilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyundagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2014-2018 yillarga texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga» muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Vazirlik tomonidan «Telekommunikatsiya uskunalarni xavfsizligi to‘g‘risidagi» Umumiy texnik reglament loyihasi ishlab chiqildi. 

“O‘zstandart” agentligining 01.07.2016 yildagi 05-774 sonli qarori bilan 01.08.2016 yildan O’z DSt 3088:2016 “Sutli-yong‘oqli biskvitlar. Texnikaviy shartlar” Davlat standarti joriy etildi.

Joriy yilning 29 iyul kuni Samarqand viloyat Matbuot uyida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli Qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat xalq xo‘jaligi sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida "Sifat oyligi" o‘tkazilayottanligi munosabati bilan Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari tomonidan "Sifat-kelajak poydevori" mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. 

“STANDART” ilmiy-texnika jurnali

“O‘zstandart” agentligi tomonidan nashr etiladigan “STANDART” ilmiy-texnika jurnalining 2016 yildagi birinchi soni chiqarildi. 

391 - sonli Davlatlararo texnik qo‘mita mutahassislari tomonidan GOST “Zamki seyfovыe. Trebovaniya i metodы ispыtaniy na ustoychivost k nesanksionirovannomu otkrыvaniyu” davlatlararo standartining loyihasi tayyorlangan.  

 

KOICA delegatsiyasi tashrifi

2016 yil 18-22 iyul kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) grant mablag‘lari asosida moliyalashtirilayotgan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va Bosh rivojlantirish rejasini ishlab chiqish yo‘li bilan "O‘zstandart" agentligi imkoniyatlarini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi doirasida "O‘zstandart" agentligiga Koreyalik mutaxassislarning ishchi tashrifi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga

“O‘zstandart” agentligining 2016 yil 24 iyundagi 05-772 sonli qarori bilan  yangi Davlat standartlari joriy etildi.

2016 yilning 22 iyul kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligida, Akkreditatsiya Kengashi sertifikatlashtirish idoralarining 2016 yil 1 yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Joriy yilning 18-20 iyul kunlari “O‘zstandart” agentligi “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” mutaxassislari “Zamonaviy eksport marketing vositalari orqali Yevropa Ittifoqi davlatlari bozoriga mahsulotlarni yo‘naltirish” mavzusidagi o‘quv seminarda ishtirok etishdi. Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Rivojlanish Dasturi tomonidan tashkil etildi.

“O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “Istiqlol bergan imkoniyatlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Unga siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov taklif etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 1 iyundagi 315-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2016 yil 27 iyunda 480-3-son bilan ro‘yxatga olindi.

 

“O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Hay’at yig‘ilishida agentlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy va tarkibiy tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.

BMT YeIK qishloq xo‘jalik sifatstandartlari bo‘yicha ishchi guruh tomonidan quyidagilar tayyorlandi

 

Xorazm viloyatida“Sifat oyligi”

Xorazm viloyatida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida “Sifat oyligi” e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilning 1 iyundagi “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan joriy yilning 12-14 iyul’ kunlari poytaxtimizning “O‘zekspomarkaz”da xaloqaro yarmarka o‘z ishini boshladi.

Joriy yilning 8 iyul kuni “O‘zstandart” agentligi tomonidan agentlikning tarkibidagi idora va korxonalaridagi xodimlarga texnik reglamentlarini ishlab chiqish, qabul qilish va ularga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini o‘tkazish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish tartiblari shuningdek, noqonuniy tekshiruv va korrupsiyani oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.