O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi "Tadbirkor ayol" ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (biznes ombudsman) – tadbirkor ayollar faoliyati rivoji yo‘lida" mavzuida videoseminar o‘tkazdi.