Yangiliklar



Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bunyod etiladigan ko‘p qavatli arzon, zamonaviy uy-joylar, dehqon bozori va savdo kompleksi, zamonaviy istirohat bog‘i loyihalari bilan tanishdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida “Janub tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Amudar Teks” O‘zbekiston – Angliya qo‘shma korxonasi hamda Sherobod tumanida barpo etiladigan “SHEROBOD TEXTILE INVEST” mas’uliyati cheklangan jamiyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari bilan tanishdi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10-fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

2017-yilning 8-fevral kuni Al-Quvayt shahrida O‘zbekiston-Quvayt biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Forum ishida Quvayt davlatida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,

Muxtaram Prezidentimiz tomonidan 2017 yilni - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi davlat idoralarining xalqimizga xizmat qilishi zarurligini yana bir bor belgilab berdi.

Shu munosabat bilan mazkur boqqa turli vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari, ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, san’at sohasi vakillari, mahalla faollari, talaba-yoshlar keldi. 

O‘zbekistonlik birinchi kosmonavt Vladimir Jonibekov koinotda barcha ekipaj a’zolari vaznsizlik holatiga o‘tish jarayonini osonlik bilan yengib o‘tishida shifobaxsh Toshkent limonlari foyda berganini ta’kidlagani, shisha idishchada «uchayotgan» limon novdasi va parchalari namoyish qilingan videolavha o‘z davrida ko‘plab yurtdoshlarimizning hayratiga sazovor bo‘lgandi.

Xalqaro auditorlar Samarqandda

Xalqaro darajada e’tirof etilgan Turkiya davlatining “TURK AK” akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tishi belgilangan ushbu idoralar hozirgi kunda agentlik tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan boshlang‘ich audit o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda sifat infratuzilmasini yangi bosqichga ko‘tarishga dasturi amal bo‘lmoqda.

O‘rganishlar natijasida Dehqon bozorlaridagi savdo rastalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazilgan tosh-tarozilar bilan ta’minlanishning holati va qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilmagan, nostandart-maishiy tosh-tarozilardan foydalanish holatlari afsuski uchrab turibti.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashib, ushbu tizimni takomillashtirish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Xalqimiz salomatligi, ayniqsa, yosh avlod kelajagiga daxldor bu soha Prezidentning doimiy e’tiborida bo‘lishini alohida ta’kidlagandi. 

Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz oziq-ovqat mollari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida istiqbolli loyiha doirasida avtomatlashtirilgan texnologiyalar asosida jihozlangan parrandachilik tarmog‘i ishga tushirildi. Natijada 7 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi.

1834 yil 8 fevralda Sibirning provinsial Tobolsk shahrida tug‘ilgan Dmitriy Ivanovich Mendeleyev, buyuk ensiklopedist-olim, jamoat arbobi, ximik, fizik-ximik, fizik, metrolog, iqtisodchi, texnolog, geolog, meteorolog, pedagog, havoda uchish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassis va asbobsoz sifatida dunyo tarixiga kirgan.

Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi O’z Dst ISO/IEC 17025:2007 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga quyiladigan umumiy talablar”iga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yildagi 292-sonli metrologik xizmatlar va muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini inspeksiya nazorat qilish va akkreditatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq deb topilib, akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. Natijada 9 turdagi yangi qiyoslash usullari o’zlashtirildi.

Yaxshi xulq – saodat kaliti

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda poytaxtimizda o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ochilish marosimidagi nutqida tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etar ekan, yangi tahdidlar, jumladan, “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. 

Qulay investitsiyaviy muhit samarasi

Mashinasozlik mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim bo‘g‘inlaridan biridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston mashinasozlik sohasi rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egalladi. Mazkur tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Mashinasozlikka xorijiy investitsiyalar jalb etilib, ko‘plab qo‘shma korxonalar tuzilmoqda. Bu esa mahsulot sifatini yaxshilash, uning turlarini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga xizmat qilayotir.