Yangiliklar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2017-yil 22-23-mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati va jamoasi nomidan tizimidagi barcha hamkasblarni qadimiy ayyom, go‘zallik va yangilanish bayrami – Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz. 

Har bir oila tadbirkor bo‘lsin

Poytaxtimizda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki «Aholini tadbirkor qilish» dasturi doirasida matbuot anjumani o‘tkazdi. 

Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida fermerlik harakati qishloqda yetakchi kuchga aylandi. Bu agrar soha rentabelligining ortishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish, qishloqda sanoatning rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlarda yuksak samaralar bermoqda. 
 

Namanganda X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasiga tayyorgarlik doirasida innovatsion ishlanmalarning sohaviy taqdimotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonining mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n davlatdan biridir.

Inspeksiya nazorati o‘tkazish reja-jadvali qayta ko‘rib chiqib tasdiqlandi. 

O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘n davlatdan biridir. 

Andijonda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi tomonidan “Iste’molchi qonun himoyasida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni, Toshkent farmatsevtika instituti vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari mart oyining dastlabki o‘n kunida Buxoro viloyati Jondor tumanida amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rgandi. 
 

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarida foydalaniladigan o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.  

G‘alaba va durang

Mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yilning 16-26-may kunlari Tailandda yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizda davlat kadastrlari yagona tizimi yaratilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Xalqimiz istiqlol yillarida o‘zi tanlagan yo‘ldan og‘ishmay, qat’iyat va dadillik bilan ildam odimlab bormoqda. Mamlakatimizda tinchlik-totuvlikning barqarorligi, aholi daromadlari muttasil oshib borayotgani, shaharu qishloqlarimizning kundan-kun chiroy ochayotgani, Vatanimizning turli xalqaro reytinglarda oldingi o‘rinlarda qayd etilayotgani bu yo‘lning naqadar ulug‘ligini, qadamlar zalvorini yaqqol namoyon etmoqda.

Xorazmda “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Oilaviy kitobxonlik” kitob savdosi yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqolpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida “O‘zstandart” agentligi oldiga ichki iste’mol bozorlarimizni himoyalashni yanada kuchaytirish hamda sifatsiz import mahsulotlarni savdoga chiqarishini oldini olish vazifasi yuklatilgan edi.