Yangiliklar



Aniq faktlar va raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, birgina Andijon viloyati miqyosida o‘rganishlar natijasida, jami tanlab olingan 84 ta mahsulotdan 51 tasi tegishli sertifikatiga ega emasligi hamda sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgani aniqlandi.

Parrandachilik – serdaromad soha

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Sangzor parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati zamonaviy texnologik liniya bilan jihozlangan.

Birgina yanvar oyida 150 ta korxonada xalqaro ISO 9001 standarti talablari asosida sifat menejmenti joriy etildi. Birinchi yarim yillikda esa 800 ta korxonada joriy etilishi rejalashtirildi.

Jumladan Nukus shahridagi Ye.Allakazor ko‘chasi bo‘yidagi “Trikolor” va Otayuli ko‘chasi bo‘yidagi “Texnoxit” ma’ishiy texnika savdo shaxobchalarida sotilayotgan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan Isitish elektr pechlari va isitish qozonlarining jami 28 ta mahsulotdan 11 tasining sertifikati yo‘qligi va sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgan holatlari aniqlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Roison Home White Goods” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 11-aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Katta Xirmontepa” va “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘ldi.

Bugun mamlakatimizda, ayniqsa, poytaxtimizda transport vositalari ko‘payib bormoqda. Bu odamlarimizning turmush darajasi yuksalayotgani, yurtimiz yildan-yilga farovonlashayotganining isbotidir. Zero, keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham aholi turmush darajasini oshirish, inson manfaatlarini to‘la ta’minlashdir. 

Tasdiqlangan rejaga asosan, to‘qimachilik laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan xalqaro me’yoriy xujjatning sinov metodlari asosida sinovlar o‘tkazildi.

"Agar mendan dunyodagi eng aziz ne’mat nima, deb so‘rashsa, hech ikkilanmay tinchlik, deya javob berardim. Buni biz kabi Ikkinchi jahon urushining dahshatli uqubatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar hammadan ko‘ra yaxshiroq biladi. Bugungi dorilomon, tinch-totuv kunlarni, to‘kin va farovon hayotni ko‘zlarimga surtgim keladi".

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi farmoyishi yoshlarda bolaligidan kitobga mehr uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

“O‘zstandart” agentligi Respublikamizning barcha bozorlari va savdo majmualarida aholiga sotilayotgan sertifikatsiz, iste’molga yaroqsiz bo‘lgan elektrotexnika mahsulotlarini fosh etdi.

Laboratoriya jihozlarini almashtirishga bu yil 10 mlrd. so‘m, o‘tgan yilgidan 2 marta ko‘p mablag‘ ajratildi.

Audit jarayonida sinov laboratoriyasining malakali va yetakchi mutaxassislari tomonidan elektrotexnika mahsulotlarining turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha sinov jarayonlari amaliyotda ko‘rsatib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi sohalarining 2017-yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, rangli metall qoldiqlarini yig‘ish, topshirish tartibi, elektron chiqindilarni zararsizlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Buxoroda “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning o‘rni” mavzucida seminar-trening o‘tkazildi. 

«O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, shu kunlarda Surxondaryo viloyatida bahorgi piyozni yig‘ib olish tadbirlari boshlangan. 
 

2016-yilda «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati korxonalari 1 milliard 146 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. Dunyoning 54 mamlakatiga yetkazib berilgan ushbu mahsulotlarning 40 foizidan ortig‘ini qo‘shimcha qiymatli tovarlar tashkil etadi.