Yangiliklar



Parkentda Sayyor qabul

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati joriy yilda aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlarini yanada ko‘paytirishga, ularni o‘ylantirayotgan muammo va masalalarga o‘z vaqtida javob berishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Avval xabar qilganimizdek “O‘zstandart” agentligining tashabbusi va sayi harakati bilan bozorlardagi sifatsiz mahsulotlarni fosh etish maqsadida tegishli vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda qo‘shma chora-tadbir ishlab chiqilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

“O‘zekspomarkaz”da “Dam olish dunyosi – 2017” V xalqaro O‘zbekiston sayyohlik ko‘rgazmasi boshlandi. 
 

Surxondaryo viloyati Angor tumani aholisining aksariyati dehqonchilik bilan shug‘ullanib, bu yerda karam, gulkaram, lavlagi, ko‘kat kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ichki bozor ehtiyojlaridan ortib qolgan mahsulotlar esa eksportga yo‘naltirilayapti. 

Aniq faktlar va raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, birgina Buxoro viloyati miqyosida o‘rganishlar natijasida, jami tanlab olingan 2177 ta mahsulotdan 584 tasi tegishli sertifikatiga ega emasligi hamda sifati kafolatlanmagan holda sotilayotgani aniqlandi.

Tadbirkor yoshlar safi kengaymoqda

Ohangaron tumani markaziy istirohat bog‘ida “Vatanimiz kelajagi uchun mas’ulmiz!” shiori ostida uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

Qashqadaryoda viloyatdagi yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida iqtidorli yoshlarning fan haftaligi boshlandi. Uning doirasida “Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rni” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 
 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qo‘shrabot tumanida ham bo‘ldi. Tumandagi “Oqtepa” qishloq fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tog‘oldi hududlarida 2017-2018-yillarda yong‘oqzor va uzumzorlar, 2017-2021-yillarda chorva boqishni tashkil qilish, tumanda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga oid loyihalar bilan tanishdi.

Samarqandda tramvay qatnay boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Samarqand shahrida transport tizimini yanada yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratgan va aholiga qulaylik yaratish hamda shahar atrof-muhiti musaffoligini ta’minlash borasida zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish zarurligini ta’kidlagan edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi “Alpomish” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyatning bo‘sh yotgan binolarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, «O'zbek-Turk Test Markazi» MChJ QK sertifikatlashtirish idorasi auditorlari tomonidan «XORAZM TEX» MChJ korxonasi ISO 9001:2015 xalqaro standart talablariga muvofiq ekanligi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 14-aprel kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat korxonalarini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini himoya qilish va amalga oshirishning huquqiy mexanizmlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasini modernizatsiya qilish borasida olib borilgan islohotlar jarayonida davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda xususiy tarmoq faoliyatini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratildi. 
 

Islohotlar samaradorligining kafolati

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.