Yangiliklar



2016 yil davomida agentlik tomonidan 10485 ta , 1 iyul oyiga qadar 5243 ta va 2017 yilning 1 iyul oyiga qadar 5654 ta korxonada profilaktika ishlari o‘tkazildi.
Olib borilgan profilaktika ishlari natijasida 2016 yilda 2627 ta va 2017 yilning 1 iyul oyiga qadar 1731 ta xato va kamchilikning oldi olindi.

Andijonda pilla yetishtirish, pilla va ipak tolasini qayta ishlashga ixtisoslashgan “Andijon silk” korxonasini barpo etish loyihasi hamda xorijiy texnologiya asosida yaratilgan yangi tut navi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
 

Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzakov boshchiligidagi delegatsiya 17-18-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19-20-avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi. 

Bugun “O‘zstandart” agentligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari U. Roziqulov ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. 

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida “Kitob olami – 2017” I Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi, “Bolalik dunyosi – 2017” II Xalqaro bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan mahsulot va xizmatlar ko‘rgazmasi hamda “Sport olami – 2017” VI ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ish boshladi. 
 

2017 yilning hozirgi kuniga qadar, 170 ta oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablarini bajarilishi hamda metrologiya va sertifikatlashtirish qoidilari ustidan davlat nazorati o‘tkazilgan. 

Bugun “O‘zstandart” agentligi tomonidan Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlari xususida navbatdagi mutbuot najumani tashkil etildi.

Matbuot anjumani avvalida agentlikning Matbuot xizmati rahbari A. Rasulov, jurnalistlar uchun tashkil etilgan uchrashuvning mazmuni va belgilangan mavzuga oid o‘z mulohazalarini bildirdi.

Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J. Mirsaidov matbuot anjumanida hozir bo‘lgan jurnalistlar uchun tayyorlangan ko‘rgazmali ma’lumotlar orqali tahliliy ma’lumotlarni berdi.

Mazkur Qonun talablariga ko‘ra, muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan mahsulotni realizatsiya qilish taqiqlanadi. Ammo, Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning Farxod bozoridagi Sharshara do‘konida sifatsiz kolbasa mahsuloti sotilayotganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilgan murojaati bo‘yicha o‘rganish natijasida qonun talablariga rioya etilmayotganligi aniqlandi.

Navoiy viloyati, Navoiy shahrida yashovchi fuqaro tomonidan Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida joylashgan “ROF FOOD UNIVERSAL” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Labaniy” shakarli quyiltirilgan sut mahsulotining sifatsizligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rivojlanishining ikkinchi bosqichi” loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 
 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimiz shahar va qishloqlarida namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar qurib foydalanishga topshirilmoqda.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3181- son qaroriga muvofiq Abduhamid O‘tkurovich Karimov “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, tadbirkorlar, mehnat faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy va hududiy kengashlari raislari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoiti, quyoshli kunlarning ko‘pligi, unumdor tuprog‘iyu, boy ilmiy-intellektual salohiyati, dunyo bozorida xaridorgir bo‘lgan sifatli mahsulotlarini yetishtirish uchun keng imkoniyat yaratadi. Mahsulot eksport qilishda xalqaro talablar va chet el qonunchiligi muhim ahamiyatga ega, bu borada xalqaro tajribani o‘rganish, korxonalarda xalqaro talablarga mos boshqaruvni joriy etishda “O‘zstandart” agentligi tomonidan ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.