Yangiliklar



Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.

Yuksak ma’naviy ta’lim-tarbiya aslida insonga ona suti, ota o‘giti va ajdodlar me’rosi yordami bilan o‘tadi.

“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshidagi kimyo-biologiya laboratoriyasi mutaxassis hodimlari, oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi, hayvonot olami va atrof muhit salomatligi - “BIOR”

“Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshidagi “Fizik-kimyo” sinov laboratoriyasi 2017 yilda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “Respublika va xududiy markazlarining sinov va qiyoslash laboratoriyalarini rivojlantirish reja-dasturi”ga asosan, halqaro talablar darajasida to‘liq ta’mirlandi va jihozlaandi. Sinov laboratoriyasi zamonaviy mebellar, tashkiliy texnika vositalari, sinov uskunalari va o‘lchov vositalari bilan jihozlandi.

“GIZ” dasturi Markaziy Osiyo davlatlarida savdoni rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida, NASSR, ISO 22000, FSSC, GLOBAL G.A.P standartlariga muvofiq konsalting kompaniyalari va sertifikatlashtirish organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan.

Yakkasaroy tumanida Sayyor qabul.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, navbatdagi uchrashuv Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida tashkil etildi.

Mazkun uchrashuvda ishtirokchilarga 2018 yil 14 yanvar kuni “Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyat xududida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularni oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida batavfsil ma’lumot berildi. 

Qashqadaryoda Sayyor qabul.

Hozirgi kunda Respublikamizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi, Qashqadaryo viloyatida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Birgina Qarshi shahri misolida oladigan bo‘lsak, markaziy va ichki yo‘llarning kengaytirilgani, aholi uchun turar joylarning qad rostlayotgani fikrimizning isboti deyish mumkin.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbega rasmiy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Prezidentining “Facebook”dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi. 

Farg‘onada Sayyor qabul

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov Farg‘ona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari bilan Sayyor qabul uchrashuvini o‘tkazdi.

Avval xabar berganimizdek ,“O‘zstandart” agentligi tomonidan, texnik yo‘nalishda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tugatib, ish bilan band bo‘lmagan mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida BEPUL 4 KUNLIK maxsus o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda “Maxsus o‘quv kursi” deb yuritiladi) o‘z faoliyatini boshladi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorlari asosida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Halol” standarti qabul qilindi.

Andijonda Sayyor qabul.

“O‘zstandart” agentligi tomonidani “2018 yil I-yarim yillikda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni Sayyor qabuli jadvali”ga asosan, O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov Andijon viloyatining Xonobod shahrida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi Sayyor qabulini o‘tkazdi.

Namanganda Sayyor qabul.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov 2018 yilning 4-6 yanvar kunlari Respublikamizning Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘ylab bir necha Sayyor uchrashuvlarni o‘tkazdi.

«Derin Ekonomi» jurnalining sharhlovchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan jahonning birinchi o‘n nafar yetakchisi ro‘yxatiga kiritdilar, deya xabar bermoqda «Jahon» AA. 

2017-yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida bugungi kunda bironta ham hududda sog‘liqni saqlash tizimi aholi uchun munosib xizmat qiladigan darajada tashkil etilmaganini tanqidiy tahlil qilib, Qonunchilik palatasi o‘z ish faoliyatida asosiy e’tiborni tizimdagi ana shu muhim muammolarni, ayniqsa, joylarda hal etishga qaratishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari Qonunchilik palatasida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha alohida qo‘mita tashkil etib, uning a’zolari asosan hududlarda faoliyat ko‘rsatishi taklifini bildirgan edi.

Bugun “O‘zstandart” agentligida joriy yil yakunlari hamda yangi 2018 yilda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasida navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Respublika SSM” DK sinov laboratoriyalari majmuasi faoliyatini yaxshilash maqsadida, yangi va zamonaviy, KMH-2031S rusumidagi klimatik kamera sinov uskunasi xarid qilindi va foydalanishga topshirildi. Sinov laboratoriyalarining bu kabi yangi va zamonaviy sinov jihozlari bilan ta’minlanishi natijasida o’tkazilayotgan sinovlarning sifati oshadi, sinov doirasining kengaytirilishiga imkoniyat yaraladi va mutaxassis hodimlarning sinov ishlari borasidagi natijadorligi oshadi.

“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi «Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Halol” standartini joriy etishning ahamiyati va xalqaro savdodagi o‘rni” mavzusida xalqaro o‘quv seminari tashkil etildi.

“2017-2020 yillarda “O‘zstandart” agentligining faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi. Dastur asosida quyidagi ishlar bajarildi.

Respublikamizda 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida ko‘pgina ishlar bajarildi. Buning natijasida mamlakatimizda ta’limda uzliksiz tizim yaratilib, farzandlarimiz maktabgacha yoshidan boshlab, ta’limning barcha bo‘g‘inlari bilan to‘liq qamrab olindi.